Kadrlami tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalami maktabda o‘qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya’hi boshlang'ich sinflarda muvaffaqiyatli o'qish, boshlang‘ich maktabning dasturini to‘la o'zlashtirib olish uchun zarur bo'lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko'nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo‘yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og'zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so‘z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o‘rgatadi, og‘zaki nutqning turli shakllarigi
monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so‘zlashuv yoki savol - javob nutqiga), so‘zlami grammatik jihatdan to‘g‘ri o'zlashtirish va to'g'ri tuzishga o'rgatadi.
Bolalar bog'chasida ham, maktabda ham olib boriladigan ishlar ta’lim standartlari, dasturida ko‘rsatilgan bilim va malakalami hosil qilish, shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan. Dastur talablarini to‘laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o'qituvchilar o'z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi. L