ogopedik tekshirishlar ta’lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko'riladi
.
Logopedik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o'quv yilining boshida tarbiyachi yoki o'qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo'ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog'cha gruppasi yoki sinfda she’r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulatsiyasi, nutq sur’ati, tovushlar taiaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shundan so‘ng nutqida kamchiligi boMgan bolalar alohida ro‘yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi. Nutqida kamchiligi bo‘lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to'ldiriladi. Induvidual va guruh nutq kartalariga quyidagi moddalar kiritiladi: 1) bolaning ismi, familiyasi, 2) yoshi, 3) millati, bog‘cha yoki maktabga kelgan vaqti, 4) ota-onasi, tarbiyachisi yoki o‘qituvchisining shikoyati, 5) bolaning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar: umumiy, nutqiy rivojlanishi, 6) psixonevrolog xulosasi, 7) eshitish qobiliyati, 8) ko‘rish qobiliyati, 9) artikulyatsion apparatining tuzilishi va harakatchanligi, 10) fonematik uquvining holati, 11) tovushlar taiaffuzi, 12) lug‘at boyligi (impressiv, ekspressiv nutq holati), 13) yozma nutq (o‘qish va yozish) malakalari, 14) nutq sur’ati, maromi, ravonligi, 15) Intellektining holati, 16) logopedik xulosa va boshqalar. Nutq kartalari asosan yuqoridagi moddalardan iborat bo‘ladi, biroq muassasalaming turiga qarab (maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi, bosh!ang‘ich maktab, nutqiy, yordamchi maktab), ulaming xili, mazmuni qisman o‘zgartiri!ishi mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchi bolalaming tibbiy kartalarini o‘rganib chiqib, otolaringolog, okulist, psixonevrologlaming xulosalari bilan tanishadi va bulami nutq kartasiga kiritib qo‘yadi. Bola intellekti to'g'ri va tepkari sinash, bir necha qismlarga bo‘lingan rasmlardan bir butun rasm tiklash, turli xil predmetlami taqqoslab, solishtirib, ulaming o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, (masaoan: quyosh-lampa, olma-tarvuz va h.k.); rasmlami klassifikatsiyalash, (masalan: sabzavot, mevalar va h.k.); ortiqcha predmetni ajratib olish, masalan: “To‘rtinchisi ortiqcha” o'yini; ko‘chma ma’noli so'zlami, maqollami tushunish qobiliyatini sinab ko‘rig orqali tekshiriladi, bunda bolaning yoshiga mos Iceladiganboshqa tekshirish usullari ham qoMlanishi mumkin. Bola nutqini tekshirishga qaratilgan har qanday topshiriqlar ham uning intellekti, fikrlash qobiliyatini aniqlashga yordam beradi. Artikullyatsion apparatning tuzilishida har xil kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Tarbiyachi bolaning tishlari, tili, jagMari, tanglayi, lablarining tuzilishini ko‘rib chiqadi. Ularning tuzilishida hech qanday o'zgarishlar boMmay turib, bola nutqida qo‘pol kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun artikullyatsion apparatning harakatchanligini ham ko‘rib chiqish zarur. Bolaga lablami cho‘chchaytirish, jilmayish, puflash, tilni tepaga ko‘tarish, chapga-o'ngga harakatlanish, tanglayni yalash, lablami yalash singari topshiriqlar beriladi va hokazo. Artikullyatsion apparatning tuzilishi va harakatchanligi obdon tekshirilib, tahlil qilib chiqiladigan boisa, bolaning nutqi va ayniqsa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklaming kelib chiqish sabablarini ko‘pincha aniqlab olish mumkin. Tovushlar talaffuzi har xil darajada buzilgan bo'lishi mumkin. Bolaning aksari taqlidchan bo‘lgani tufayli, u barcha tovushlarni tarbiyachi yoki o‘qituvchi ketidan to‘g‘ri talaffuz etadi. Dislaliya mavzusida aytib o‘tganimizdek amaliyotda asosan sirg'aluvehi, sonor, yollashgan unlilar ayniqsa ko‘p talaffuz etiladi. Shuning uchun bu tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi tartibda tekshiriladi: sirg‘aluvchi- s,z,sh,ch,s, sonor-m,n,l,r, ng; til orqa-k,g,h; chuqur til orqa-q,g‘; frikativ-h; jarangli- jarangsiz tovushlaming almashtirilishi; yollashgan unlilar-ye,yo,yu,ya. Nutq kartsida eslatma uchun joy qoldirilib, bunga boshqa, tipik boMmagan kamchiliklar belgilab boriladi. Ko‘p hollarda bola tovushni alohida olingan holda to‘g‘ri talaffuz eta oladi, biroq bo‘g‘in, so‘z va gaplarda uni boshqa tovushlar bilan adashtirib yuboradi. Shuni hisobga olib har bir tovushni tekshirish uchun shu tovush so‘z boshida, o'rtasida, oxirida keladigan sodda va murakkab strukturali so‘zlar ifodalangan predmetli va sujetli rasmlar kartochkalari ishlatiladi. qulay boMishi uchun bu rasmlami oldindan nutq kartasida yozilgan tartibda albomda joylashtirib olish mumkin. Masalan, s tovushi talaffuzini tekshirish uchun-soat, apelsin, gilos, stakan tasvirlangan, stol ustida turgan stakan ifodalangan rasmlami ishlatsa boMadi va hokazo. Bitta so‘z turli birikmalar tarkibidagi bir necha tovush talaffuzini tekshirishga xizmat qiladi, masalan sholg’om so‘zi sh, 1, g‘ tovushlari talaffuzini tekshirishda ishlatiladi. Tovushlar talaffuzini tekshirishda rasmlardan tashqari ertak, she’r, hikoya, topishmoq, tez aytishlardan ham foydalanish mumkin. Fonematik eshitish darajasini tekshirish ishlari bolaning nutqidagi tovushlar- fonemalami eshitish yo‘li bilan ulami bir-biridan ajratish qobiliyatini tekshirishga qaratiladi. Buning uchun: 1) ma’lum bir tovushni boshqa tovushlar orasidan ajratish, masalan: o, a, u, o‘, i unlilari orasidan u tovushini, undosh m, p, t, k, r tovushlar orasidan t tovushini ajratib olish topshirig‘i beriladi. Tarbiyachi bir necha tovushni aytib turganida bola qo‘lidagi shartli belgi yoki harfni ko'tarib ko‘rsatishi kerak. 2) Bir biriga o'xshab eshitiladigan fonemalami bir-biridan farqlash, ajratish, masalan tarbiyachi za- sa, sa-za, ja-sha, sha-ja, va-fa, fa-va, ga-ka, ka-ga, da-ta, ta-da kabi jarangli vajaragnsiz, juft undosh tovushli bo‘g‘inIarini talaffuz etadi, bola unga ergashib, bularni qaytaradi. Bu vaqtda tarbiyachi labfarini boladan berkitib turadi, chunki u eshitmagan tovushni lab harakatlaridan ко‘rib olishi mumkin. 3) Bir-biriga o‘xshash, faqat bir tovush bilan farq qiluvchi paronim so‘zlami eshitib turib, bir-biridan ajratish, masalan, zina-sina, gul-kul, paxta-taxta va hokazo. Bolada fonematik eshitish qobiliyatining rivojlanishida andak yetishmovchilik bo'lsa ham, bunday bola savod o‘zlashtirishda qiynaladi. Shuni hisobga olib, maktabgacha yoshdagi bolalaming fonematik eshitishini vaqti-vaqti bilan tekshirib borib, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish muhim. Bolaning lug‘at boyligini tekshirish uchun, predmetli, sujetli rasmlardan foydalaniladi. Rasmlarni mavzular bo‘yicha joylashtirish maqsadga muvofiq. Rasmlami nomlash, hayvoniar va ulaming bolachalarini nomlash, antonimlar ustida ishlash, masalan, baland daraxt va past daraxt, katta uy va kichkina uy, keng yo‘l va tor yo‘llar tasvirlangan rasmlami nomlash: predmetlarni, masalan, sabzi, pomidor, kartoshka, piyoz-sabzavotlar deb umumlashtirish; sujetli rasmga qarab hikoya tuzish so‘zlar ma’nosini tushinib yetish qobiliyakti tekshiriladi va hokozo. Bola nutqining grammatik qurilishini tekshirish vaqtida uning jumla tuzish qobiliyati, gapda so'zlarni qanchalik o‘rinli ishlata olishi aniqlanadi. Buning uchun sujetli rasmga qarb hikoya tuzish, gap ichida betartib berilgan so'zlami to‘g‘ri tartibda qo‘yib chiqish, tushirib qoldirilgan so‘zni topib gap tuzish; so'z yasovchi va so‘z o'zgartiruvchi qo‘shimchalar, kelishik qushimchalari, birlik va ko'plik qo‘shimchalaridan o‘rinli foydalana olishga qaratilgan mashqlar buyriladi. Maktab yoshidagi bolalaming ham og‘zaki, ham yozma nutqi tekshiriladi, o'qituvchi yozma ishlarida ko'p xatolarga yo‘l quyadigan o‘quvchilar ro‘yzatini tuzi, ulaming anavnezini (ilgari og'zaki nutqi qanday rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlami) o‘rganadi. So'nga ush bolalarga ko‘chirib yoshish, diktant yozish topshirig‘i beriladi. Bola topshiriqlami uddalay olmasa, unga bo‘g‘in yoki harflarni yozdirib ko'radi. Xarflarni tushirib ketish, o‘rnini almashtirish, o‘xshash eshitiladigan tovushlarni ifodaolvchi harflarni bir-biri bilan adashtirib yozish, so'zlami qo'shib yozib ketish va boshqa hatolar bolaning fonematik eshitishi, analiz va sintez qilish malakalari yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Harf elementlarini teskari yozish chiziqlarga rioya qilmaslik, harflarni ustma-ust yozib ketish kabi xatolar bolaning ko‘rish idroki fazoviy idroki yaxri rivojlanmaganligini ko'rsatadi. Olqiy olish malakalar har bir bolada alohida-alohida tekshiriladi, bunda bolaning matnni nechogii yaxshi o'qishiga - bo‘g‘inlab yoki sidirg'asiga o'qishi, harflab o'qishiga e’tibor beriladi, o'qish vaqtida qaysi xatolarga yo'l qo'yishi: harflarni adashtirib yuborishi tushirib ketishi, talaffuzdagi xatolarning o'qishga ta’siri, o'qish tezligi, ovoz bilan va ovozsiz o'qish malakalari tekshiriladi. Ongli o'qish malakalarini savol-javob yo'li bilan qayta so'zlab berish, bayon etish usullaridan foydalanib, tekshirib ko'rish qo'lay. O'qish tezligi ham ongli o'qishga ta’sir ko'rsatadi. Ongli o'zlashtirish ta’minlanadigan bo'lishi uchun bola bir minutda 45-50 so'zni o'qiydigan bo'lishi kerak bunday sekin o'qiydigan bolalarda so'zning tovush obrazi va uning ma’nosi o'rtasidagi bog'lanish susayadi. O'qish jarayonida kuzatiladigan qiyinchiliklar bolaning og'zaki nutqi va yozuvidagi kamchiliklar bilan taqqoslanadi va shu yo'l bilan ulaming kelib chiqish sabablari aniqlanadi, bartaraf etish yo'llari va usullari belgilanadi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, ayrim hollarda bola nutqidagi kamchiliklar eshitish qobiliyatining zaifligiga bog‘liq boMadi. Tarbiyachi va o'qituvchilar bolaning o'z vaqtida otoloringolik tekshiruvidan o'tishiga e’tibor bermog‘i lozim. Agarda otoloringolik xulosasi boMmasa, tarbiyachi yoki o'qituvchi bolaning eshitish qobiliyatini quyidagi yo'l bilan o'zi aniqlashi mumkin: bola orqasini o'girib turganida so'z va gaplarni har xil masofadan shivirdab gapirib ko'riladi, bola esa, eshitganlarini takrorlashi kerak. Agarda bola 6-7 mert masofada turib shivirlab aytilgan so'z va gaplarni eshitsa, demak uning eshitish qobiliyati yaxshi. 3 metr masofada bola eshitmasa, uni maxsus bog'cha yoki maxsus qulog'i og'ir bolalar uchun tashkil etilgan maktablarda o'qishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Og'zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar ikkilamchi xodisa sifatida eshitish ko'rish qobiliyati zaif, oligofren bolalarda, ruhiy rivojlanishi orqada qoigan bolalarda kuzatilishi mumkin. Tibbiy pedagogik komissiyasiga yuboriladigan bolalarning harakteristikasida bolaning o'qish faoliyati, qiziquvchanligi, ish qobiliyati, diqqati, e’tibori, sinf o'kuvchilari bilan munosabati dastur materiallarini o'zlashtirish darajasi keng yoritilishi kerak. Tekshirishlar natijalari logopedik xulosalarda yakunlanadi. Logopedik xulosalar asosida bola bilan olib borilishi kerak bo'lgan chora -tadbirlar, reja tuziladi. Ta’lim jarayoni ushbu reja to'ldiriladi, kengaytiriladi kerak bo'lsa, bolaning ahvoliga qarab, uning ayrim tomonlari o'zgartirilishi ham mumkin. AD ABIYOTLAR: 1.0'quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedogogik lashxis markazlari to‘g‘risida nizom 0‘zbekiston Respublikasi Xalqta’limi vazirligining 4.06.98 01-278 sonli buyrug‘iga ilova. Respublika tibbiy psixologo-pedogogik maslahat komissiyasi nizomi va instruktiv yo‘ lianma. RXTV RTM ,T 2000.
Metodicheskiye rekomendatsii po organizatsii rabot na logopedicheskix punktax pri obsheobrazovatelnix shkolax -T 1987.
Filicheva T.B, Cheveleva N.A Logopedicheskaya robota v spetsialnom detskom sadu. M 1987 F.J .Alimxojayeva Zaif eshituvchi bolaning eshitish qobiliyati va talafuzini tekshirish (0-5 sinflar uchun)-T 0‘qituvchi 1999.К. Shodiyeva Maktabgacha yoshdagi bolalami to‘g‘ri talaffuzga o'rgatish. Т., 0‘qituvchi
1995. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1 .Logopedik tekshirish ishlari qaysi shaklda amalga oshiriladi? 2Jnduvidual va guruh nutq kartalarining tuzilishi qanday? Bolaning artikulyatsion apparati tuzilishi va faoliyati
Nutqning talaffuz tomonini tekshirish usullari
Fonematik uquv va uni tekshirish usullari
Bolaning lug'at boyligi qanday tekshiriladi?
Nutqning grammatik tuzimini qanday tekshirish mumkin?