Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni


Korreksion pedagogikaning asosiy vazifa va kategoriyalari



Yüklə 140,33 Kb.
səhifə2/10
tarix19.05.2023
ölçüsü140,33 Kb.
#117862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni

Korreksion pedagogikaning asosiy vazifa va kategoriyalari. Turli toifali anomal (yunoncha “anomalos” – “noto‘g‘ri”, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlarga ega) bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash maxsus pedagogikaning umumiy maqsadi bo‘lib, unga erishish yo‘lida muayyan vazifalar hal qilinadi. Ular quyidagilardir:

Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:


1. Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarini pasaytirishga yordam beradi.
2. Anomal bolalarni tarbiyalash rivojlanishdagi nuqson darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod, vositalarni tanlash asosida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro yordam ko‘rsatish, talabchanlik va mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Anomal bolada optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o‘rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
3. Korreksiyalash (tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishdan iborat.
4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimi bo‘lib, ular anomal bolalarni o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tizim doirasida anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolovchi jismoniy mashqlari, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va b.sh.) ham tashkil etiladi.

Yüklə 140,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin