Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni


Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash



Yüklə 140,33 Kb.
səhifə8/10
tarix19.05.2023
ölçüsü140,33 Kb.
#117862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni

Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash. Nutqdagi nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korreksiyalash masalalari logopediya (yunoncha “logos” – so‘z, “paideia” - tarbiyalash) shug‘ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi, shuningdek, maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik choralarsiz bartaraf etilmaydi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi: 1) tibbiy-psixologik nutqiy buzilish; 2) psixologik-pedagogik nutqiy buzilish. SHu bilan birga nutqdagi nuqsonlar: og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘ladi.
Nutqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning markaziy asab tizimida funksional yoki organik chetlanishlar ko‘zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiqda, transportda yurish, arg‘imchoqda ko‘p vaqt tebranish bolaga yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshi og‘riydi. Tez charchab qoladi, qattiq ta’sirlanadi, jahli chiqadi. Kayfiyatlari tez o‘zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo‘ladi. Ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday bola tinch o‘tira olmaydi, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo‘ladi. Juda tez xafa bo‘ladi, atrofdagilarga quloq solmaydi. Tanaffusdan keyin diqqatini jamlashi qiyin bo‘ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, nutqiy xotiraning zaifligi kuzatiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat:

Logopedik puntk faoliyati o‘quv yili davomida individual va guruhli shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Nutqdagi nuqson jiddiy bo‘lsa, bola o‘qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Logopedik yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta’minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo‘lib, ularda nutqda nuqsoni bo‘lgan bolalarga logopedik yordami ko‘rsatiladi.




Yüklə 140,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin