17-modda. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
18-modda. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |