24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi:
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan loyihani qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga;
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilishga;
korrupsiyaga sabab bo‘lgan, aniqlangan omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga va choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan jarayondan iborat bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i.
Dostları ilə paylaş: |