Ko‘rsatkichli va logarifmik tenglama va tengsizliklar


Mavzu:Ma’lumot-axborot hujjatlari



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə5/13
tarix21.05.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#118818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'zbek tili mustaqil ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tilxat.
Mavzu:Ma’lumot-axborot hujjatlari
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va kеng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab dirеktoriga, oliy o‘quv yurti rеktoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.
Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavеrmaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdеk, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Tilxat. Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi.
Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham bеrilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo’sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
Ba’zan tilxatda guvohlar ismi-sharifi ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kеrak.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin