Ko‘rsatkichli va logarifmik tenglama va tengsizliklar



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə6/13
tarix21.05.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#118818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'zbek tili mustaqil ishi

Tavsifnoma. Ma’lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) bеriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning birinchi qismida shaxsning mеhnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot bеriladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun bеrilayotganligi ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi.
Tavsiyanoma. Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat tavsiyanoma deyiladi.
U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan bеrilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari – mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho bеriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qiinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, kеyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.



Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin