3.4. Korxonaning moliyaviy barqarorligi
Korxonaning yashash faoliyati bir qancha sikllardan iborat bo`lib, u quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: korxonani tashkil qilish; reorganizatsiya; restruktrizatsiya; sanatsiya; bankrotlik va tugatish. Bu bosqichlar hamma korxonalarga tegishli degan xulosa chiqarish kerak emas. Chunki bular korxonaning faoliyati natijasiga qarab amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni vujudga kelishi aksariyat holda korxonaning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq. Shu sababli korxonani moliyaviy barqarorligini ta’minlash ahamiyatini yoritish uchun yuqorida keltirilgan korxonaning yashash sikllarini mazmuniga qisqacha to`xtalib o`tmoqchimiz.
Birinchi bosqich - korxonani tashkil qilish va faoliyatini tiklash. Korxonani tashkil etish qoidalari ushbu bobning birinchi paragrifida keltirilgan. Ushbu qoidada korxonani tashkil etilishining asosi bo`lib uni ta’sis etuvchilarning mol-mulki yotadi. Mulksiz korxona tashkil etilmaydi. Mulkdan foydalanish, uni oshirib borish, saqlash korxonani moliyaviy barqarorligini ta’minlash asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich - reorganizsiya. Korxona faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy barqarorligini oshirish, bozorda tutgan o`rnini (“Nisha”sini) saqlash yoki kengaytirish maqsadida o`z tarkibida yangi ishlab chiqarish yoki funksional bo`limlar ochish, ayrimlarini qo`shish, birlashtirish, samarasizlarini tugatish kabi qayta tashkil qilish ishlarini amalga oshirib boradi. Bu masala aksariyat holda korxonaning moliyaviy ahvolidan kelib chiqadi.
Uchinchi bosqich - restruktrizatsiya. Restruktrizatsiyaga reorganizatsiyaning bir shakli sifatida qarash mumkin. Restruktrizatsiya deganda korxonaning tarkibiy bo`limlarini (sexlari) huquqiy shaxs maqomisiz, mustaqil balans va hisob raqami bilan alohida ajratilishiga tushuniladi. Bundan asosiy maqsad ishlab chiqarishni samarasini oshirish bo`lib, korxona bo`limi (sexi) tijorat hisob-kitobiga o`tkaziladi. Ularga mulk ajratiladi, foyda va harajatlari alohida hisob-kitob qilinadi.
Sanatsiya - iqtisodiy nochor korxonalarni bankrotligining oldini olish maqsadida qarzdor korxona - huquqiy shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan, davlat tomonidan qarzdor korxonaning to`lov qobiliyatini tiklash bo`yicha o`tkaziladigan chora-tadbirlarni tashkil qiladigan faoliyat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 iyuldagi 362-sonli qarori bilan “Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash to`g‘risida” Nizom qabul qilingan. Ushbu Nizomga binoan qarzdor korxona - huquqiy shaxsning muassislari (qatnashchilari), korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash sub’ektlari bo`lishi mumkin.
Qarzdor korxona sanatsiyalash ob’ekti hisoblanadi. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning to`lov qobiliyatini tiklanishining aniq imkoniyatlari asoslansa bunday iqtisodiy nochor korxonalar sanatsiya qilinadigan ob’ektlar qatoriga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi tuzilgan1. Korxonalarni sanatsiyalash uchun mablag‘lar qatoriga keltirilgan jamg‘armalardan tashqari, korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xo`jalik uyushmalari), boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning moliyaviy ajratmalari ham kiradi.
Sanatsiyalash korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun o`tkaziladigan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Keyingi bosqich bu korxonani bankrotligi.
Korxona bankrotligi uning iqtisodiy nochorligining oqibati.
Bankrotlik deganda sud tomonidan e’tirof etilgan yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda o`zini bankrot deb e’lon qilgan qarzdorning moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi, qisqa qilib aytganda moliyaviy qobilyatsizlikga tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida “Bankrotlik to`g‘risida” qonun (28 avgust 1998y, yangi tahririda) qabul qilingan. Huquqiy va jismoniy shaxslarning Bankrot bo`lishi jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Korxonaning yashashining oxirgi bosqichi uni tugatilishi. Iqtisodiy nochorlik yoki bankrotlik asosida sud qarori bilan yoki mulkdorning o`z ixtiyori bilan korxona faoliyati to`xtalishi mumkin.
Korxona tugatilishi uning faoliyatini to`xtalishi va davlat reestriga qarzdor tugatilganligi to`g‘risidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlanadi, korxona esa tugatilgan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy nochor korxonalar boshqa sub’ektlar bilan kelishuv bitimi qilishi mumkin. Kelishuv bitimi (murosali kelishuv) - bu qarzdor bilan kreditor o‘rtasida qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki qarzlardan chegirma qilish to‘g‘risidagi bitimdir. Kelishuv bitimi yozma ravishda tuziladi va u Xo‘jalik sudi tomonidan imzolanadi.
Korxonaning yashash sikllaridan kelib chiqsak, u o`z faoliyatini olib borish davrida moliyaviy barqarorligiga qanday e’tibor bilan qarashi lozimligi iborasiz ko`zga tashlanadi, chunki iqtisodiy nochorlik bankrotlikka, bankrotlik korxonani tugatilishiga olib kelishi muqarrar.
O‘zbekiston iqtisodiyotidan ayrim ma’lumotlar.
-
Namangan viloyatida 1995 yildan 2002 yilgacha bo`lgan davr mobaynida viloyat xo`jalik sudi 304 korxonani bankrot deb e’lon qilgan, ularning 287 tasi tugatilib, belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`chirilgan.
So`nggi uch yilda 2000 yilda 35 ta, 2001 yilda 41 ta, 2002 yilda 51 ta korxonalar bankrotlikka uchragan.
2001 yilda viloyatda 15 ming 180 korxona faoliyat yuritgan, ulardan 0,27 foizi bankrotlikka uchragan. 2002 yilda faoliyat yuritgan 17 ming 57 korxona o`rtasida bu ko`rsatkich 0,3 foizni tashkil qilgan. Bundan xulosa shuki, yildan-yilga xo`jalik yurituvchi sub’ektlar soni ko`paymoqda, shu tariqa bankrot korxonalar soni ham oshib bormoqda.
Bozor iqtisodi sharoitida bankrotlik tabiiy hol. Sabablari esa turlicha. Ob’ektiv sabablardan biri
- o`tish davrida kuzatilayotgan narx-navoning oshib borishi hamda inflyatsiya holatlaridir. “Namangankonserva”, “Namangantekstel” aksiyadorlik jamiyatlari”, “Yanis JV”, “Kosonsoy Tekmen” qo`shma korxonalari bir necha yil burun ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun xorijiy valyutada kredit olgan. Vaqt o`tishi bilan AQSH dollari qiymati ancha o`sib, bu hol korxonalarni doimiy ravishda tanglik chegarasiga olib kelgan. Ular iqtisodiy nochorlikdan bankrotlik va sanatsiya bo`yicha hukumat komissiyasining qo`llab-quvvatlashi tufayligina chiqib olishi mumkin bo`lgan vaziyat vujudga kelgan.
Xo`jaliklar ba’zan korxonalar rahbariyatida boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyati yetishmasligi sababli shunday holatga tushib qolmoqda. Rahbarlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlari sayozligi, bozor talabini bilmaslik, omborda yotaversa ham mahsulot ishlab chiqaraverish qabilida ish tutish, aylanma mablag‘larning yetishmasligi, eskirgan jihozlarni yangilashga qobiliyatsizligi tufayli “Toshbuloq poyafzal”, “Kosonsoy” aksiyadorlik jamiyatlari, Namangan tumanidagi “Turk atlas” qo`shma korxonasi, Namangan shahridagi “In’om LTD”, “AKS”, “Maqsad”, Uchqo`rg‘on tumanidagi “Muhammad-Ibrohim”, “Sadoqat-5” xususiy firmalari, Chortoq xo`jalik hisobidagi ko`chma mexanizatsiyalashgan kolonna hamda boshqa ko`pgina korxonalar bankrotlik holatiga tushib qolgan.
Bankrot deb e’lon qilingan korxonalarning qariyb 70 foizini xususiy firma va kichik korxonalar tashkil etadi.
Davlat nochor korxonalarga o`z ahvolini yaxshilab olishi uchun imkoniyat bermoqda. Butun mamlakatda amalga oshirilayotgan sanatsiya va tashqi boshqaruv o`zining samaradorligini isbotladi.
Viloyatda 22 korxona sanatsiya yoki tashqi boshqaruv sharoitida ishlagan edi. Ulardan 21 tasi ahvolini o`nglab olib, iqtisodiy mustaqillikka erishdi. “Namanganmash”, “Elektroterm” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik korxonalar sanatsiya tufayli tanglikdan chiqib oldi1 .
|
Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash ko`p qirrali muammo bo`lib, ko`p omillar unga ta’sir qiladi. Shu sababli uning yo`nalishlari ham har xil. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- davlat va hokimiyatlar tomonidn berilgan imkoniyatlardan qonunlar va qonun hujjatlari talablari doirasida samarali foydalanish;
- iste’molchilar talab va ehtiyojlarini marketing tadqiqotlari orqali chuqur o`rganish;
- konkureintlarning ko`rsatkichlari va imkoniyatlarini muntazam tahlil qilib borish;
- korxona ichki muhitini, faoliyat shart-sharoitlarini bozor ehtiyojlariga moslashtirib borish;
- o`z mahsulotlarini, xizmatlarini raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatini yaxshilash;
- korxonaning iqtisodiy parametrlarini, shu jumladan moliyaviy parametrlarini doimiy tahlil qilish, shu asosida ularni yaxshilash bo`yicha konkret chora-tadbirlarini amalga oshirib borish;
- xatarlarni oldini olish, korxonani iqtisodiy, moliyaviy xavfsizligini ta’minlash kabilar.
3.4.1-chizma.
Dostları ilə paylaş: |