Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə43/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Tayanch iboralar: ijtimoiy mehnat unumdorligi, milliy daromad, yalpi ichki mahsulot, mahsulotning mehnat sig‘imi, ijtimoiy mahsulotning material sig‘imi, mahsulotning kapital sig‘imi, fond sig‘imi, iqtisodiy samaradorlik, qiyosiy iqtisodiy samaradorlik, umumiy (absolyut) iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarish infratuzilmasi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy samradorlik, foyda va rentabellik.


Takrorlash uchun savollar

1. Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mohiyati nimada, uni umumlashtiruvchi mezon bo‘lib nima xizmat qiladiQ


2. Ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari mazmunini ochib bering.
3. Harajatlarning umumiy (absolyut) va qiyosiy samaradorligi qanday hisoblanadiQ
4. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi asosiy omillarni va yo‘nalishlarni sanab bering.


VII bob. KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA
ISHLAB CHIQARISH QUVVATI


Reja:

  1. Asosiy fondlar va ularning korxona faoliyatidagi

o`rni.

  1. Asosiy fondlarning turlari, tarkibi va

ko`rsatkichlari.

  1. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash

usullari.

  1. Asosiy fondalar va ularning korxona

faoliyatidagi o‘rni

Korxonalarning asosiy belgisi ularning o`zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o`zining xo`jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi.


Korxonalar egalik qiladigan mulk ko`chmas va ko`chirib bo`ladigan mulklarga ajraladi.
Ko`chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv ob’ektlari va umuman yer bilan bog‘liq bo`lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o`rmonlar, ko`p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi.
Ko`chirib bo`ladigan mulkka ko`chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko`rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga tasiri ham hisobga olinadi.
Uzoq muddatli aktivlar yirik va o`rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil qiladi. Uning tuzilishi 7.1.1-chizmada keltirilgan.

7.1.1-chizma.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin