Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə42/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
K
M= ———
T0-T1

Bu yerda: T0 - qo‘shimcha kapital harajat qilingunga qadar


ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi;
T1 - qo‘shimcha kapital harajat qilingandan keyin
ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi.

  1. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning

asosiy yo‘nalishlari

Erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish chuqur islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Barcha korxona ishlab chiqarishni intensivlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o‘tish har tamonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.


Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi eng muhim omil - bu fan va texnika taraqqiyoti bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Oxirgi vaqtlargacha fan-texnika taraqqiyoti evolyutsion tarzda rivojlanib keldi. Natijada amaldagi texnologiyalar takomillashib, mashina va uskunalar qisman zamonaviylashdi. Bunday natija sezilarli, lekin kutilganidek emas edi.
Yangi texnikalar bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish yetarli darajada emas edi. Erkin bozor munosabatlarini shakllantirishning hozirgi sharoitida fan va texnikaning oxirgi yutuqlari asosida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan revolyutsion va sifatiy o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

  1. ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish: yuqori bosim va ta’sirchan kuchlar qo‘llaniladigan membranali, lazerli, plazmali texnologiyalar va boshqalar;

  2. ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi robot texnikalar, rotorli va rotor - konveyr liniyalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish;

  3. metall mahsulotlar, plastik qorishma, kompozitlar, metall kukunlar, keramik va boshqa progressiv tuzulishli materiallarning yangi shakllarini yaratish va undan foydalanish.

Erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida eng muhim tadbirlar fan-texnik harakteriga ega bo‘ladi. Foydaning katta qismi, soliqlar to‘langach, korxonalar ixtiyorida qoladi. Bunday holat me’yoriy emas. Bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan korxonalar kelajakdagi ishlab chiqarishni rivojlantirishga yetarli e’tibor bera boshlaydilar. Yangi texnikalarga, ishlab chiqarishni yangilashga, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga zaruriy vositalarni yo‘llaydilar. Undan tashqari, tashkiliy shart-sharoitlar va omillar, konstruktorlar, injenerlar, ishchilar ijodiy mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy motivlar yaratish zarur. Texnik va texnologik yangilanishlar, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar mehnat unumdorligining oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlash, ishlab chiqarishga mehnatni ilmiy tashkil etishning progressiv shakllarini joriy qilish, uni me’yorlashni takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, tartib-intizomga erishish, mehnat jamoasining barqarorligini ta’minlash lozim.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi yana bir muhim omil bu - tejamkorlik rejimi hisoblanadi. Resurslarni tejash yonilg‘i, energiya, xom-ashyo va materiallarga bo‘lgan o‘sib boruvchi talabni qondirishining asosiy manbaiga aylanishi lozim. Bu muammolarni yechishda sanoat asosiy o‘rinni egallaydi. Bu tarmoqda xom-ashyo va yonilg‘i-energetik resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan mashina va uskunalarni joriy qilish lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy daromad birligiga hisoblaganda boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda yonilg‘i, elektroenergiya, metallar sezilarli darajada ko‘p sarflanayapti. Bu esa katta hajmdagi ishlab chiqarishni tashkil etishda resurslarning taqchilligiga olib keladi. Shuning uchun, mamlakat mashinasozligini tubdan zamonaviylashtirish zarur. Bu esa fan-texnik taraqqiyoti negizida butun xalq xo‘jaligini rekonstruksiya qilishning muhim shartidir. Bunga erishishga qaratilgan uzoq muddatli, strategik maqsadlar aholining zaruriy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish bilan uyg‘unlashmog‘i lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshishi ko‘p hollarda asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish, uskunalarni maksimal darajada ish bilan ta’minlash, uning smenaligini keskin oshirish va shu asosda har bir uskuna birligiga va har bir metr kvadrat ishlab chiqarish maydoniga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdorini oshirish zarur.
Ishlab chiqarishni intensivlashtiruvchi va uning samaradorligini oshiruvchi omillardan biri - iqtisodiyotning strukturasini takomillashtirish. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlaydigan va ijtimoiy muammolarni samarali hal qiladigan tarmoqlarni nisbatan yuqori darajada rivojlantirish zarur.
Investitsion siyosat kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Mablag‘larni fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishni ta’minlovchi tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlash lozim. Mablag‘larning katta qismi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga va rekonstruksiya qilishga yo‘naltirilishi kerak.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmog‘ida fan-texnika taraqqiyotining asosi hisoblangan mashinasozlik tezkor rivojlantirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor stanoksozlik, elektrotexnika sanoati, mikroelektronika, hisoblash texnikasi, priborsozlik, informatika industriyasiga qaratilishi kerak.
Yonilg‘i-energetika balansi strukturasini yaxshilash, xavfsizligi maksimum darajada ta’minlangan atom energetikasini rivojlantirish bilan birgalikda olib boriladi. Buning uchun esa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yonilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha muayyan tadbirlar amalga oshirilib borishi lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: xalq iste’moli tovarlari va barcha turdagi xizmatlar ishlab chiqarishni tezkor oshirishni ta’minlash; kichik korxonalarni rivojlantirish; harbiy ishlab chiqarishni konversiyalash; ishlab chiqarish korxonalarini texnik qayta jihozlash; transport, elektr, neft va gaz ta’minoti tizimini hamda aloqa va axborot ta’minotini yaxshilash.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o‘rinlardan birini (boshqaruvni o‘z ichiga oluvchi) tashkiliy-iqtisodiy omillar egallaydi. Ijtimoiy ishlab chiqarish masshtabining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi bilan uning roli ortib boradi. Eng avvalo, bu ishlab chiqarishning ratsional shakllarini rivojlantirish va takomillashtirish demakdir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish infrastrukturasi ham ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Uni rivojlantirish talab qilinadi. Bu boshqarish, rejalashtirish, barcha xo‘jalik mexanizmlarini iqtisodiy rag‘batlantirishning usullari va shakllarini takomillashtirish; rejalashtirishda - rejalarning balanslashganligi va haqqoniyligi, xalq xo‘jaligining quyi bo‘g‘inlariga to‘sqinlik qilmasdan, faoliyati uchun imkoniyatlar yaratadigan rejali ko‘rsatkichlarning optimal tuzilgan tizimini yaratishni taqozo qiladi. Ushbu omillar tizimiga quyidagilar ham kiradi: tijorat hisobi va moddiy rag‘batlantirish dastaklari, moddiy javobgarlik va boshqa iqtisodiy rag‘batlarning keng qo‘llanilishi.
Samarali xo‘jalik yuritish muammosini hal qilishda, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni yaratish hamda uni amaliyotga joriy qilishda asosiy o‘rinlardan birini fan o‘ynaydi. Fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishning aktual muammolari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishni kuchaytirish lozim. Bu esa ishlab chiqarishning mehnat, material va energiya sig‘imini kamaytiradi hamda mahsulot sifatining oshishiga olib keladi.
Erkin bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi barcha omillarning ta’sir qilish imkoniyati sezilarli o‘zgaradi. Xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi, - u iste’molchilar talabidan kelib chiqib, unga moslashtiriladi; xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qurilish, transport va aloqa yuqori texnologiyalar asosida zamonaviylashtiriladi; jahon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga tenglashtiriladi; harbiy ishlab chiqarish konversiyalanadi; turli mulk shakllariga (davlat, xususiy, aksionerlik va jamoa mulkchiligiga) asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tiladi; xo‘jalik yuritishning barcha shakllari erkin rivojlantiriladi; iqtisodiyot moliyaviy sog‘lomlashtiriladi; mamlakat xalqaro aloqalarga uzviy bog‘lanadi.
Yuqorida ta’kidlanganlar natijasida boshqariladigan, madaniyatli bozor xo‘jaligi shakllanadi. Bu esa mehnat unumdorligining oshishiga, jami ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, milliy boylikning ortishiga olib keladi.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin