Korxona iqtisodiyoti


Moliyaviy natijalar umumlashgan ko‘rsatkichiga



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə81/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Moliyaviy natijalar umumlashgan ko‘rsatkichiga
ta’sir qiluvchi omillar hisob-kitobi



Ko‘rsatkichlar



O‘tgan


iso-bot

Zanjirli almashtirishlar




yilda

yilida

I

II

1. Sof foydaning yalpi foydadagi ulushi, %

61,995


61,994


61,994


61,994


Yalpi foydaning sotilgan mahsulotdan olingan yalpi moliyaviy natijalaridagi hissasi

0,939


0,938


0,939


0,938


3. Yalpi moliyaviy natijaning sotilgan sof mahsulotdagi hissasi

0,138


0,150


0,138


0,138


4. Mahsulot rentabelligi, % (1qx2qx3q)

8,03


8,72


8,03


8,02


Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mahsulot rentabelligi ko‘rsatkichining 0,69% (8,72-8,03) oshganligiga quyidagi omillar ta’sir qilgan:


1. Sof foydaning yalpi foydadagi ulushi juda kam miqdorda, ya’ni 0,001% o‘zgargan. Bu natija o‘zgarishiga ta’sir qilmagan:
8,03 - 8,03=0
2. Yalpi foydaning sotilgan mahsulotdan olingan yalpi moliyaviy natijalardagi hissasi 0,001ga (0,938-0,939) kamayganligi natijani 0,01% kamayishiga olib kelgan:

8,02 - 8,03 = -0,01


3. Yalpi moliyaviy natijaning sotilgan sof mahsulotdagi hissasi 0,012ga ko‘payganligi mahsulot rentabelligini 0,7% oshirgan:
8,72 - 8,02 = +0,7
Barcha omillar ta’siri natijaning umumiy farqiga teng:
0 - 0,01 + 0,70 = +0,69.

Bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyot sharoitida ko‘p korxonalar barcha aktivlardan samarali foydalanish masalasini ustuvor vazifa qilib qo‘yishmoqda. Chunki korxonaning aktivlari ularning mulki. Bu mulk foyda keltirish uchun mo‘ljallangan mulkdir. Shu tufayli mazkur ko‘rsatkichning tahlili iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismiga asoslangan. Buni inobatga olib ushbu ko‘rsatkich tahliliga to‘xtalishni maqsadga muvofiq, deb topdik.


Barcha aktivlar rentabelligi ta’kidlanganidek, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Sof foyda (Fs)


Rentabellik (Ra)= ————————.
Aktivlar (A)

Agar aktivlarni tarkibi bo‘yicha yoyib chiqilsa, u quyidagi elementlardan tashkil topganligini ko‘ramiz.


Asosiy Nomoddiy Aylanma
A= vositalar + aktivlar + mablag‘lar.
(Av) (Nf) (Aym)

Bu yerda aylanma mablag‘lar ham ikki yirik guruhga bo‘linadi. Bu guruhlarni yoyib chiqilsa, quyidagi formula vujudga keladi:


Moddiy Pul
Aym= aylanma mab- + mablag‘lari
lag‘lar (Amm) (Pm)

Endi aktivlar o‘rniga uning tarkibiga kiruvchi alohida ko‘rsatkichlarni qo‘yadigan bo‘lsak, aktivlar rentabelligini ifodalovchi formulalarning shakli quyidagicha ifodalanadi.


Fs
Ra= ————————.


Av+Amm+Pm+Nf

Endi ushbu formulaga asosan korxona aktivlari rentabelligining tahlilini ko‘rib chiqamiz. Eng avvalo, uning farqi aniqlanadi:


Fsx Fsr
Ra=—————————— - ——————————
Avx+Ammx+Pmx+Nfx Avr+Ammr+Pmr+Nfr

Endi shu aniqlangan farqqa ta’sir qiluvchi omillarni hisoblash mumkin. Natijaga birinchi omilning ta’siri quyidagicha hisoblanadi:


Fsx
Rafs=Rafs-Rar= —————————— - Rar.


Avr+Ammr+Pmr+Nfr

Natija o‘zgarishiga ikkinchi omilning ta’siri quyidagicha hisoblanadi:


Fsx
Raav=Raav-Rafs= —————————— - Rafs.
Avx+Ammr+Pmr+Nfr

Natija o‘zgarishiga uchinchi omilning ta’siri quyidagicha aniqlanadi:


Fsx
Raamm=Raamm-Raav= —————————— - Raav.
Avx+Ammx+Pmr+Nfr

Natija o‘zgarishiga to‘rtinchi omilning ta’sirini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanadi:


Fsx
Rapm=Rapm-Raamm= —————————— - Raamm.


Avx+Ammx+Pmx+Nfr

Natija o‘zgarishiga beshinchi omilning ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitobni amalga oshirish kifoya:


Ranf = Ranf - Rapm = Rax - Rapm.


Natijaning umumiy o‘zgarishi, odatdagidek, barcha omillar ta’sirining yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak:


Ra=RafsRaavRaammRapmRanf


Ushbu formulalarga aniq ma’lumotlarni qo‘llab korxona aktivlari rentabelligiga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash uchun quyidagi javdalni tuzish tavsiya qilinadi (10.4.4-jadval).


10.4.4-jadval

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin