Investitsiya resurslari iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanishini boshqarishning iqtisodiy omili vazifasini bajaradi. Investitsiya mablag‘lari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida hamda aholining foydalanilmayotgan mablag‘larini to‘planish natijasida, ularni boshqa jarayonlarda ishlatilishini ta’minlaydi.
Korxona nuqtai nazaridan investitsiya manbalari ular o‘z mablag‘lari (foyda, amortizatsiya, boshqa pul jamg‘armalari); qarzga olingan mablag‘lar (bank krediti va boshqa tashkilotlarni omonatlari); boshqa jalb qilingan mablag‘lar (aksiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan kelgan daromadlar); byudjet va byudjetdan tashqi mablag‘lar tashkil qiladi.
Investitsiya tarkibida uning manbalari o‘z aksini topadi.
Investitsiya manbalarini uning tarkibidan kelib chiqib moliyaviy va moddiy resurslarga ajratish mumkin.
Moliyaviy manbalarga - naqd pul; chet el valyutasi; xalqaro to‘lov pullari; aksiyalar; zayomlar; korxonalar mablag‘lari; amortizatsiya fondi kiradi.
Moddiy resurslarga - xom-ashyo resurslari; ko‘chmas mulk; jamoa-shirkat-xo‘jalik mulki; fermerlar mulki; dehqon xo‘jalik mulki; tadbirkorlar mulki kiradi.
Investitsiya manbalarini shakllantirishda moliya bozori va uning infratuzilmasi muhim ahamiyatga egadir. Moliya bozorining asosiy maqsadi muamoladagi ortiqcha bo‘lgan pul resurslarini aktiv kapital sifatida ishlab chiqarishga jalb qilishdan iboratdir.
Moliya bozori juda keng ma’noli tshuncha bo‘lib, u doimo paydo bo‘ladigan jamg‘armalardan samarali foydalanish jarayonini o‘zida ifodalaydi.
Moliya bozori hayotda vujudga kelgan jamg‘armalarni (oilada, korxonada) bir turdan (jamg‘armalanishi) ikkinchi turga (real kapitalga aylanishi) o‘tishini ta’minlovchi mexanizmdir.
Hozirgi zamon moliya bozorining asosini moliya muassasalari va vositachilar tashkil qiladi. Ular sotuvchilar va haridorlar, hamda sotiladigan va sotib olinadigan tovar, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo‘lgan bozordir.
Moliya bozorining tasnifi quyidagi 11.2.1.-chizmada tasvirlangan.
11.2.1-chizma.