Ks= ———
Kk
Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo‘yilma) koeffitsiyenti (Kk.s) quyidagicha hisoblanadi.
Mk-T F
Kk.s= ——— yoki ———
K K
Bu yerda: Mk - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;
T - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni
tannarxi;
F - yillik foydaning miqdori.
Ko‘p variantli kapital qo‘yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi harajatlarni minimumga keltirish yo‘li bilan aniqlanadi. Ya’ni:
Ti + Yen K min
Bu yerda: Ti - i varinatdagi harajatlar;
Yen - kapital qo‘yilmalar samaradorligi
koeffitsiyenti;
K - kapital qo‘yilmalar summasi.
Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo‘ljallangan bo‘lsa, bunday sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsiyentlar bo‘yicha aniqlanadi. Ya’ni:
1
V= ———— t
(1+Yenv)
Bu yerda: Yenv - har xil davrdagi harajatlarni keltirish
normativi;
t - mablag‘larni ishga tushirishdan samara
olgungacha bo‘lgan vaqt.
Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o‘zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o‘zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo‘yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahon amaliyotidan shu ma’lumki pulni banklarda saqlash eng qulay hisoblanadi, chunki omonatchi undan protsent oladi.
Pulni investitsiya qilish (ishlab chiqarishga qo‘yish yoki qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish) investorga faqatgina unga bank tamonidan beriladigan protsentdan ko‘proq daromad keltirsagina foydalikroq bo‘ladi. Bu investorlar uchun birinchi qoida bo‘lib hisoblanadi.
Investorlarning ikkinchi qoidasi - investitsiya rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko‘rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega.
Investitsiya loyihasini baholashda harajatlar va daromadlarini har xil davrga solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Chunki harajatlar biron davrda ishlatiladi, daromad esa nafaqat biron davrdan kegin, u asosan harajatlar amalga oshirgandan keyin kela boshlaydi. Shu sababli davriy pul qiymati degan tushuncha ishlatiladi. Ushbu ko‘rsatkich oldin olingan 1 so‘m keyin olingan 1 so‘mdan qimmatroq turishini anglatadi.
Shu sababli iqtisodiy va moliyaviy tahlilda so‘mning joriy va kelajakdagi qiymatini hisoblaydi, tahlil qiladi. Bunday hisob-kitoblar diskontirovaniya deb yuritiladi.
Diskontlashtirish investitsiya yoki pul oqimlarini kelgusidagi qiymatining joriy bahoda ifodalanishi tushuniladi.
Diskontlashtirish murakkab foyiz hisoblashning teskari jarayonidir. Murakkab foyiz usuli orqali investitsiyaning kelajak qiymati (Ik.q.) quyidagicha aniqalanadi.
Dostları ilə paylaş: |