Korxona iqtisodiyoti


Korxona xavfsizlik xizmati, uning



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə88/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
Korxona xavfsizlik xizmati, uning

funksiyalari va tarkibi

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning umumiy xavfsizligini, ayniqsa uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash o‘ta muhim ahamiyatga ega. Zero, korxona bankrotlikga uchramasligi, barqaror faoliyat ko‘rsatishi, muntazam ravishda iqtisodiy o‘sishni ta’minlab borishi uchun, eng avvalo, uning xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Ammo hozirgi paytda turli mulk shaklida faoliyat ko‘rsatuvchi juda ko‘p korxonalar tarkibida xavfsizlik xizmati tashkil qilinmagan. Bu bilan asosan korxona rahbariyati shug‘ullanadi. Ammo bu erkin raqobat sharoitida yetarli emas. Xavfsizlik xizmati juda ko‘p funksiyalar bilan shug‘ullanadi va bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. Shu tufayli har bir korxona tarkibida maxsus xavfsizlik xizmati bo‘limi faoliyat ko‘rsatishi lozim.


Xavfsizlik xizmati o‘z faoliyati davomida juda ko‘p me’yoriy hujjatlarga tayanadi. Bu hujjatlar davlat miqyosida ishlab chiqilib tasdiqlangan bo‘lsa shu me’yoriy hujjatga tayaniladi, agar bunday hujjat bo‘lmasa tashkilotning (korxonaning) o‘zida xavfsizlik xizmati bo‘yicha Nizom ishlab chiqilib shunga amal qilinadi. Umuman olganda, korxona xavfsizligi bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:

  1. korxonaning xavfsizlik xizmati to‘g‘risida umumiy Nizom;

  2. xavfsizlik xizmati xodimlarining funksional majburiyatlari;

  3. tartib (rejim) va soqchilikni tashkil etish bo‘yicha Nizom;

  4. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma;

  5. rahbarlar, mutaxassislar va texnik xodimlarning maxfiy axborotlar bilan ishlashlari bo‘yicha mansabdorlik qo‘llanmalari;

  6. yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida Nizom;

  7. maxfiy axborotlar mavjud bo‘lgan ish hujjatlarining arxivda saqlanishini tashkil etish bo‘yicha mansabdorlik qo‘llanmalari;

  8. texnik xavfsizlik to‘g‘risida Nizom;

  9. axborotlarni muxandislik-texnik jihatdan himoya qilishni tashkil etish bo‘yicha mansabdorlik qo‘llanmalari;

  10. xorijiy vakillar va vakolatxonalar bilan ishlash tartibi bo‘yicha mansabdorlik qo‘llanmalari.

Korxonaning xavfsizlik xizmati tarkibida uni turli xavf-xatarlardan saqlab qolish maqsadida axborot-tahlil bo‘linmasi, xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalarni yechish uchun tajribali mutaxassislardan iborat vaqtincha tuzilmalar tashkil etilishi mumkin.
Korxonaning xavfsizlik xizmati o‘z faoliyati davomida juda ko‘plab vazifalarni bajaradi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun bir qancha funksiyalarni ham ijro etadi. Bularga quyidagilar kiradi (12.2.1-chizma).
12.2.1-chizma

Korxona xavfsizligi xizmati funksiyalari




Ma’muriy-buyurish funksiyasi




Korxona xavfsizligiga mutasaddi har bir xodimning huquqi va majburiyatlarini hamda javobgarliklarining tartibini belgilash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish orqali amalga oshiriladi.










Xo‘jalik-buyurish funksiyasi




Korxona xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli resurslarni jalb qilish, uning moddiy va intellektual mulkini saqlash va oqilona foydalanish bo‘yicha har bir xavfsizlik xizmati mutasaddilarining mas’uliyat blan ishtiroki orqali amalga oshiriladi.










Hisob-nazorat funksiyasi




Korxonaning moliyaviy barqaror va turg‘un holatiga xavf to‘g‘diradigan barcha hodisalarni, xususan nopok raqobatchilar, hamkorlar va shaxslarning paydo bo‘lganligi to‘g‘risida axborot to‘plash, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish moliyaviy - tijorat faoliyatidagi uzulishlarga yo‘l qo‘yilmaslik holatlarini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.










Kadrlar siyosati funksiyasi




Korxona xavfsizlik xizmatining kadrlarni joy-joyiga qo‘ish, jamoada axloqiy-ruhiy muhitning buzulganligini aniqlash, nizolarni o‘z vaqtida va joyida hal qilish, jamoada ijodiy muhitni yaratish kabi kadrlar siyosati bilan bog‘liq muammolarni hal qilish orqali amalga oshiriladi.










Tashkiliy-boshqaruv funksiyasi




Korxonada doimiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv tizimini, uning xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli yo‘nalishlarga safarbar qilish, boshqaruv bo‘g‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda maqsadli dasturiy vazifalarga yo‘llash orqali amalga oshiriladi.










Reja-ishlab chiqarish funksiyasi




Korxonada xavfsizlik qoidalarini (rejimini) ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yo‘llarini belgilab olish va tegishli amaliy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.










Tashkiliy-texnik funksiyasi




Korxona xavfsizligi qoidalarini (rejimini) ta’minlash, uning moddiy-texnika ta’minotini yo‘lga qo‘yish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, sir saqlanadigan ho-latlar tartibini o‘rnatish, korxona-ning xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa ilg‘or usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.










Ilmiy-uslubiy funksiyasi




Korxonaning xavfsizligi bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni, ilmiy ishlanmalarni xavfsizlik sohasiga joriy qilish, bu sohaga xizmat qiluvchilarning doimiy ravishda malakasini oshirish, muammolarni yechish uchun tegishli ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazib uni joriy qilishning uslubiy ta’minotini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.










Axborot-tahlil funksiyasi




Korxona xavfsizligini ta’minlash sohasi bo‘yicha tegishli barcha axborotlarni to‘plash, ularni texnik va uslubiy jihatdan tahlil qilish, natijalari bilan korxonaning xavfsizligi uchun mutasaddi bo‘lgan shaxslarni ta’minlab borish orqali amalga oshiriladi.

Qayd etilgan funksiyalarni bajarish bevosita korxonaning xavfsizlik xizmati orqali amalga oshiriladi. Mazkur xizmatning tarkibiga quyidagilar kiradi: xavfsizlik xizmati boshlig‘i, tartib (rejim) va soqchilik bo‘limi, maxsus bo‘lim, muxandislik-texnik himoya bo‘limi, tashqi faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi, ichki nazorat-taftish bo‘limi kabi bo‘linmalar.


Ushbu bo‘linmalarning bevosita aniq vazifalari korxona xodimlarining funksional majburiyatlarida, uning nizomida o‘z aksini topadi. Har bir bo‘limda maxsus xizmat sektorlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, tartib (rejim) va soqchilik bo‘limida tartib sektori va soqchilik sektori, maxsus bo‘limda maxfiy hujjatlar sektori va h.k.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash hozirgi sharoitda o‘ta muhimdir. Shu tufayli barcha bo‘limlar va sektorlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar bu masalani hech yodlaridan chiqarmasliklari, umumiy xavfsizlikning asosiy qismi deb qarashi lozim.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun xavf-xatarlarni bartaraf qilishga erishish lozim. Iqtisodiy xavf-xatarlardan biri bankrotlik xavfidir. Chunki bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot tasodiflardan xoli emas. Bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona yoki firma har xil vaziyatga tushib qolishi mumkin. Bu holat har qanday korxonani hushyorlikka chorlaydi.
Bankrotlik deganda, odatda korxonaning sinishi tushuniladi, ya’ni u mablag‘li yo‘qligidan o‘z majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashga qurbi yetmay qoladi. Tabiiyki, bunday holatda korxona yopiladi. Erkin iqtisodiyot sharoitida, oldingidek, barcha zararlar davlat hisobidan qoplab berilmaydi, chunki korxona mulkida davlatning ulushi umuman bo‘lmasligi mumkin. Shu tufayli korxonaning qarzlarini qoplashi uchun bor mol-mulkini sotishdan boshqa chorasi qolmaydi. Bu esa korxonaga ham, mulkdorga ham, shu yerda ishlayotgan xodimlarga ham, davlat va jamiyatga ham katta zarardir.
Shu tufayli, faoliyat ko‘rsatib yaxshigina daromad qilib ishlayotgan korxonalarga bankrotlik xavfini bartaraf qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lshi lozim. Albatta, bu imkoniyatlar davlat tomonidan tartibga solinadi. Ammo korxonaning o‘zlari esa tegishli chora-tadbirlar asosida bunday sharoitni o‘zlariga yaratib olishlari lozim.
Bankrotlik xavfini bartaraf qilish uchun, uning turlarini bilishni taqozo qiladi. Hozirgi paytda bankrotlik xavfining uchta turi mavjud.
1. Ishlab chiqarish bankrotligi xavfi. Bu xavf korxonaning mo‘ljaldagi mahsulotini tegishli hajmda va narxda ishlab chiqarish imkoniyatining cheklanganligi tufayli sodir bo‘ladi. Uni bartaraf qilish uchun korxona doimiy ravishda bozor konyunkturasini o‘rganish, marketing xizmatini yaxshi yo‘lga qo‘yish, texnologik jarayonlarni tezlikda boshqa mahsulotni ishlab chiqarish uchun o‘zgartira olish kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim.
2. Moliyaviy bankrotligi xavfi. Bu korxonaning moliyaviy bozorda, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarini amalga oshiraolmay qolish xavfidir. Bu korxonaning o‘ziga kerak bo‘lgan kreditni uning foyizi oshganligi tufayli olish imkoniyatining cheklanganligi, korxona aksiyasining narxi tushganligi, nufuzining pasayib ketganligi, kreditor qarzlarining oshganligi evaziga sodir bo‘lishi mumkin. Bunday xavflarning oldini olish, albatta, juda murakkab. Chunki ushbu jarayonlarning ko‘p qismi korxonaning faoliyatiga bevosita bog‘liq emas.
3. Tijorat bankrotligi xavfi. Bu xavf ishlab chiqaruvchi, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda ham sodir bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar, o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun eng avvalo, xom ashyo va materiallarni bozordan sotib oladi va ishlab chiqarilgan mahsulotini bozorda sotadi. Savdo korxonasi esa, ma’lumki, tovarlarni sotib olib sotadi. Bu jarayonda bozordagi talab va taklifning o‘zgirishi oqibati uning bahosi ham tez o‘zgarib ketgan bo‘lishi mumkin. Natijada, bir tomondan xom ashyo va materiallar taxchilligi ro‘y bersa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarilgan (agar savdo korxonasi bo‘lsa oldin sotib olingan) tovarini bozorda ortiqchaligi ro‘y berib tegishli narxda sotish imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. Bu holatdan ham chiqish, ushbu xavflarning ham oldini olish o‘ta murakkab bo‘lib korxona rahbariyatidan tajriba, bilim va tadbirkorlikni talab qiladi.
Bu xavf-xatarlarni bartaraf qilishdan davlat ham manfaatdir. Chunki korxonalarning sinshi ishsizlikning ko‘payishiga, byudjetga tushumlarning keskin kamayishiga, boz ustiga ishsizlik nafaqasini to‘lash uchun sarflarning oshib ketishiga olib keladi.
Korxonaning xavfsizligini ta’minlash o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Bu uchun juda mukammal ishlangan chora-tadbirlar dasturi bo‘lishi lozim. Bu dastur, o‘z navbatida, bir qancha faoliyatlarni qamrab olishi mumkin.
1. Moddiy va intellektual mulkni saqlash va ulardan samarali foydalanish dasturi.
2. Axborot xavfsizligini ta’minlash dasturi.
3. Korxonaning maxfiy-tartib faoliyatini tashkil qilish dasturi.
4. Mehnat jamoasida axloqiy-ruhiy muhitni saqlash, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik dasturi.
5. Alohida muxandislik-texnik vositalarning maxfiyligini himoya qilish dasturi.
6. Korxonaning tijorat sirini saqlash dasturi kabilar.
Ushbu dasturlarni amalga oshirishda, albatta, eng avvalo, asosiy mas’uliyat korxonaning xavfsizlik xizmati zimmasiga tushadi. Ammo undan hamma manfaatdor bo‘lganligi uchun korxonada ishlaydigan barcha xodimlar, rahbardan tortib to oddiy xizmatchilarga qadar uning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmog‘i lozim.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin