Korxona xo’jalik mezanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko’lami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mexnat jamoasini boshqarish, mexnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloka va o’zaro ta‘sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashqiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik xisobi, moddiy texnika ta‘minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi katnashuvi, fan-texnika tarakkiyoti va maxsulot sifatini oshirish, mexnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mexnatni va unga xak to’lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni ximoya qilish, xisob, xisobot, nazorat, korxonaning yukori tashkilotlar va maxalliy xokimiyatlar bilan munosabatlar, tashki iqtisodiy alokalarni kamrab oladi. Mexnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo’llarini baxolash uchun mos me‘yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me‘yorlar vositasida amalga oshiriladi.
Korxonani texnikaviy jixatdan kayta jixozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, xamda bank kreditlari xisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta‘minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resrslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniklab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste‘molchilar, savdo va moddiy ta‘minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan maxsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki o’z savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baxolovchi muxim me‘yor buyurtma va shartnomalarni o’z vaktida bajarishdir. Korxona talabni o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim.
Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mexnat faoliyatini ko’chaytirishning muxim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muxim yo’nalishi bo’lmogi lozim. U, shuningdek, mexnatkashlar, ular oilasi, urush va mexnat fayriylarining mexnat va turmush sharoitini yaxshilash xakida gamxo’rlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini kondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi.
Korxona o’z ijtimoiy faoliyatini maxalliy tuman va shaxar xokimiyatlari bilan xamkorlikda amalga oshiriladi.
Yangi xo’jalik mexanizmini shakllantirishni butun boshqaruv tizimini islox kilmay amalga oshirib bo’lmaydi. Bu isloxot fakat korxonalar iqtisodiy xayoti boshqaruvining markaziy bo’ginlari tarkibi va vazifalar, iqtisodiy ta‘sir va ragbatlantirishning tashki ko’rinishini o’zgartiribgina kolmay, balki iqtisodiy tizi munosabatlarini yangilashi xam lozim.