Yaponlar doim o'zlarini jamoaning bir bo'lagi sifatida biladilar. Va ular, E. Mayo aytganidek, ish — bu jamoa faoliyatidir, degan shiorga doim amal qilishadi. Yaponiyadagi boshqaruv usullarini o'zgarishi optimal tizim yaratish uchun konsepsiya tanlashda erkinlik va hurfikrlikni o'sishidir. Ammo bu o'zgarishlar Yaponiyaning milliy urf-odatlariga zid bo'lmasligi kerak. Bu haqda yirik tadbirkor S.Xonda shunday fikr bildiradi:
«Kimki korxona boshqaruvchisi bo'lsa, u avvalo, boshqaruv usulini hamma tomonlama isbotlangan holda ko'rsatmog'i darkor, U korxonaning aniq maqsadlarini ko'ra biladigan va korxonaning siyosatini va rejalarini shunday tuzishi kerakki, ishchilar faoliyati davomida o'z mas'uliyatini sezib, ishdan qoniqish hosil qilsinlar. Buning uchun lider nazariy jihatdan kuchli va amaliy jihatdan hayotiy konsepsiyaga ega bo'lishi kerak.»22 Yapon boshqaruvining yana bir xislati uning uzluksiz o'qish va o'qitish konsepsiyasidir. Yaponlar o'qishni o'z ishlari va hokimyat pog'onasi bo'yicha ko'tarilish uchun kerak bo'lgan omil deb biladilar.
Yaponlar birovlaming xatolarida o'iganishni xush ko'radilar. Ular doim tashqi olamdagi o'zgarisarni qiziqish ila kuzatib turadilar.
1947-yili «Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri 1. Matsusita boshqanjv savollari bo'yicha «Donnay» nomli laboratoriya tashkil qiladi va uning birinchi xulosalaridan biri quyidagicha bo'ladi: «Har qanday tashkilot uning kattakichikligiga qaramay, daromad olishdan farqli bo'lgan boshqa maqsadga ega bo'lishi kerak. Bu maqsad uning faoliyatini tu-shuntirib turishi lozim. Agarda boshqaruvchi ushbu missiyani to'liq tu-shunib yetsa, uni xodimlarga to'g'ri tushuntirishi lozimdir.
«Inson potensiali» konsepsiyasini tushunishda Ringning jamoa bo'lib qaror qabul qilish sistemasini olishimiz mumkin. Unga ko'ra qaror qabul qilish uchun javobgarlikni butun guruh o'z bo'yniga olishi lozim. Bu sistemada masala o'rtaga tashlangandan so'ng oldin noformal guruhlarda muhokamadan o'tadi, agar kimdir bu masalaga qarshi chiqsa, savol yana ushbu masalani o'rtaga tashlagan insonga boradi.
Yapon usullari ko'pchilikni ustun kelishi emas, balki hammaning fikri birdamligi asosida qurilgan. Albatta, hammaning fikri bir xil bo'lmaydi, shuning uchun ma'qul bo'lgan kompromiss topiladi. Yaponlar uchun o'zidan yoshi va lavozimi jihatidan katta bo'lgan insonga gap qaytirish yoki uning fikriga qo'shilmsalik tarbiyasizlik alomati deb qarala-di. Shuning uchun norozilikni o'ta diplomatik holda bildirish lozimdir. An'anaviy bo'lgan «X» va «U» modeliga qarama-qarshi bo'lgan holda, yaponlar «inson potensiali» modelini muvaffaqiyatini qo'llab kelishyapti. Unga ko'ra odamlar o'z qobiliyatlarini rivojlantirgan va qoilagan holda bu ishdan qoniqish hosil qilsin.
O'rta pog'ona boshqaruvchilariga Isikava Kaoru ushbu maslahatlarni beradi:
Xodimning foydaliligi uning fizik jihatdan doim mavjudligi bilan emas, balki bu xodimga firmaning ehtiyoji bilan belgilanadi.
Kimki xodimlarning boshqaruvi bilan shug'ullansa, bu faqat yarmga boshqaruvchidir. Haqiqiy boshqaruvchi deb shunday boshqaruvchi olinadiki o'zidan yuqori turganlarni ham boshqara olsin.
Qo'l ostidagi ishchilarga ba'zi huquqlar berilishi ularning qobiliyatlarini hartomonlama rivojlanishi va faollashishiga olib keladi.
Yuqori pog'onadagi boshqaruvchilarning sizning ishingiz natijalariga bo'lganmunosabatini doim kuzatavermang.
O'rta pog'ona boshqaruvchilari va ularning qo'l ostidagilari o'zlarining ish natijalari haqidagi axborot haqiqiyligigajavobgardirlar.
O'rta pog'ona boshqaruvchilari sifat to'garaklari faoliyatiga javobgardirlar.
Funksiyalar bo'yicha boshqaruv deb hisoblangan boshqa bo'limlar bilan hamkorlik va aloqa.
Kelajakka yo'nalish firmaning samarali faoliyati uchun asosiy omildir. Firma boshqaruvchisi o'z ishida 10 yil oldinga yo'nalib faoliyat ko'rsatmog'i, yuqori pog'ona boshqaruvchisi 5 yil oldinga yo'nalib faoliyat ko'rsatmog'i, bo'lim boshlig'i 3 yilga va bo'lim boshlig'i kamida 1 yil oldinga o'z faoliyatini yo'naltirmog'i kerak.
Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an'anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o'tish jarayoni ro'y bermoqda. Innovatsion tartibning awalgisidan farqi shundaki, fanning shakllanishi va davlat tomonidan moliy'alashtirish tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag'batlantirishga o'tish kuzatilmoqda.
Hozirda AQSHda va xususan, g'arbiy Yevropada, eng awalo Fransiya, Germaniyada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro'y bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng awalo, kichik va o'rta korxonalar uchun, shuningdek, o'rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor dversifikatsiya uchun eng qulay sharoitlar yaratishdir. Fanni moliyalash bo'yicha AQSH jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Ko'plab rivojlangan mamlakatlarda ITlMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol bo'lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbayi sifatida) barcha xarajatlar salmog'ining 50 foizini tashkil eradi. Bu ko'rsatkich Buyiik Britaniya, Shvetsiya va Gerrrianiyada 40 foiz atro-fida, Fransiyad 57 foiz, Yaponiyada 28 foiz. IT1MT sohasining davlat to-monidan bunday e'tibor bilan ko'plab quwatlanishi qonuniy bo'lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi.
Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda qo'llabquvvatlanishi mumkin, jumladan:
ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita budjet mablag'lafini ajratish (davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajratish). Ayni holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko'plab ta-vakkalchilikka ega bo'lgan fanning yetakchi yo'nalishlaridagi ko'p kapi-talli tadqiqotlarni moliyalashni o'z bo'yniga oladi;
ilmiy tadqiqotlarni (IT1MT) bilvosita moliyalashning turli usullari:
xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag'batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish.
AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti — bu asosan xususiy biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy-texnik yutuqlardan xo'jalikda foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga u yoki bu ma'noda biznesning innovatsion faolligini rag'batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri universitet — sanoat, tadqiqot markazlari sanaladi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday markazlar doirasida juda keng ko'lamdagi ilmiy-texnik masala-larni hal etish imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning hamkorlikdagi tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli ilmiy jihatdan ishtirokchilar faoliyatining boshqa korporatsiya mexanizmini nazarda tutadi.
O'zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma'lum bir tomonini qo'llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag'larining umumlashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o'quv yurtlari kadrlari bilan ta'minlashi rag'batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga moijallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag' ajratishga sanoat korxonalarini qiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o'z bo'yniga olib qolmasdan, ishtirokchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydala-nishda bepul litsenziyalar ham berishi kerak bo'ladi.
AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko'pincha eng maqbul me'yordan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida monopoliyani to'xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffaqiyati ham shunda. O'zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko'makchisi) sifatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur.
Yaponiya tajribasi shuni ko'rsatadiki, demak, O'zbekistonda shakllanayotgan innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assotsiativ shaklda ilmiy tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniyatlarini vaqtinchalik yoki doimiy tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda bosh loyihani amalga oshirish uchun davlat buyurtma berish orqali ko'maklashmog'i kerak.
MDH mamlakatlafidagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan ko'maklashish bo'yicha TAS1S dasturi birinchi galda o'z oldiga xususiylashtirishning bozor shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik infratuzilmasini yaratish sohalaridan Yevropa Nou-Xau tajribalarini o'zlashtirishga qaratilgan. Ko'rinib turibdiki, u asosan boshqaruv, axborot va moliya sohasidagi loyihalarni moliyalashga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo'yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish xorij texnologiyasini keltirish, raqobatbardoshlik yo'nalishlarini aniqlash va boshqa masalalarni hal etishga