1- rasm. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi turlari.
korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti, korxona aylanma aktivlarining umumiy aktivlar summasiga nisbati;
joriy likvidlik ko‘rsatkichi;
o‘z kapitalining rentabelligi;
umumiy to‘lovga qodirlik ko‘rsatkichi, aktivlar bozor qiymatining xo‘jalik subyektining barcha majburiyatlariga nisbati;
kapitallashtirish koeffitsiyenti, bozor qiymatidagi o‘z kapitalining qarz mablag‘larining balans qiymatiga nisbati;
menejment koeffitsiyenti, sotishdan olingan pul tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.
Xavfsizlik tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
korxona obyektlarini, boshqaruvchi rahbarlarning shaxsiy daxlsizligini hamda pul mablag‘larini saqlash uchun qo‘riqchi-qorovullik xizmatini tashkil etish;
korxonaning informatsion jihatdan himoyalanishini ta’minlaydigan analitik xizmatni tashkil etish. Uning vazifalari ichida razvedka va kontrrazvedka bilan shug‘ullanishni tashkil etish uchun strategik muhim subyektlar bilan ishlash.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uning xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o‘rganish va ularni tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash beshta elementni o‘z ichiga oladi:
birinchi – iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning tarkibi va xarakterini hamda ularning ta’sir yo‘nalishini aniqlash;