Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Korxonalarning sotish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlari xarajatlari (mehnatga haq to’lash xarajatlari; ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar; savdo reklamasi xarajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni navlarga ajratish xarajatlari; tashish, saqlash va sotish chog`ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo’qotilishi; o’rash-joylash materiallari xarajatlari; mol-mulkni majburiy sug`urta qilish xarajatlari va boshqalar);
- sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
- yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.
Korxonalarda boshqaruv xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar;
-boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizastiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- ijara, xizmatlar ko’rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to’lash (ATS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa);
- shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to’lash;
- ma’muriy - boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to’lash;