55
mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. buni inobatga olgan
holda korxona vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati”
tushunchalarini
farqlamoq lozim. “korxona vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul
mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallanilgan vositalar
va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami,
zaruriy kapital
quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish,
hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish,
ijtimoiy xarakterdagi
ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yoMdoshi
hisoblanadi. To’lov muddatining cho’zilib ketishi korxonalar
moliyaviy holatiga
salbiy ta‘sir qiladi.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti sanoat korxonasining moliyaviy holatiga
baho berishdagi asosiy nisbiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu koeffitsient korxona o’z
mablag'lari manbalarining balansi jamiga nisbati tariqasida
aniqlanuvchi nisbiy
ko’rsatkichdir. Boshqacha aytganda, moliyaviy mustaqillik koeffitsientini aniqlash
uchun korxonaning o’z mablag’lari manbalari jami summasi balansining jami
summasiga bo’lish kerak.
Dostları ilə paylaş: