9- a m. F y a a xa a at ’ ta i agi g’liqli
17
Tahlil etishda bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar
dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi.
17
Iqtisodiy adabiyotlar asosida tayyorlandi
Xarajatlar
5,9%ga
qisqartirildi
Boshlang’ch
holat
Rentabellik
hisobidan sotish
hajmining
oshishi
20% foyda
15% foyda
15% foyda
80% xarajatlar
85% xarajatlar
85% xarajatlar
150
so’m
850
so’m
200
so’m
800
so’m
200
so’m
1133
so’m
59
Ma’lumki, korxona erishadigan foyda miqdorining oshishi xarajatlarning
qisqarishi va sotish hajmini oshishi bilan bevosita bog’liqdir. Ularni o’zaro
quyidagicha taqqoslash mumkin.
Yuqoridagi rasmda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarda foyda va
xarajatlar o’rtasida bog’liqlik ko’rsatilgan. Ushbu rasmda ushbu korxonalar
foydasini 150 so’mdan 200 so’mga oshirish uchun ikki xil yo’l ko’rsatilgan.
Birinchi yo’l xarajatlarni qisqartirish, ikkinchi yo’l esa ishlab chiqarish hajmini
oshirish. Bu ikki yo’l bilan foydani oshirish imkoniyati mavjud. Ya’ni agarda
ishlab chiqarish xarajatlarini 5,9%ga qisqartirish imkoniyati bo’lsa faoliyat
yakunida 200 so’m foyda olish mumkin yoki ishlab chiqarish hajmini 33 %ga
oshirganda 200 ming so’m foyda olish mumkin. Bozor iqtisodiyotida talabning
cheklanganligini hisobga olsak birinchi yo’l har tomonlama qulaydir. Ikkinchim
yo’l esa ma’lum qiyinchiliklarni sodir etadi. Ya’ni sotish hajmini oshirish uchun
ishlab chiqarishni qo’shimcha moliyalashtirish lozim bo’ladi. Bu esa bevosita
qo’shimcha xarajatlar bilan bog’liq (masalan, bank kreditlaridan foydalanish).
Qo’shimcha miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish chegaralangan talab sharoitida
qiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi, hamda realizatsiyada qo’shimcha chiqimlarni
olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat muhitini inobatga oladigan
bo’lsak, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish ijobiyroqdir. Bu o’z
navbatida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar narxini pasaytirishga
olib keladi. Bu esa bizga ma’lumki savdo korxonasining tovar aylanmasini
maksimallashtiradi. Tovar aylanmasinin maksimallashishi korxona foydasini
maksimallashtiradi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida foyda ko’rsatkichini
maksimallashtirishda xarajatlar markazi va daromadlar markazi tashkil etish
muhim ahamiyat kasb etadi. Daromadlar markazi va xarajatlar markazi rivojlangan
mamlakatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari keng qo’llaniladi. Ushbu
markazlar korxonalar foydasini ta’minlab beradi. Xarajatlar markazi daromadlilik
darajasi past yoki umuman daromad olinmaydigan markaz bo’lib hisoblanadi.
Lekin ushbu markaz daromadlar markazi daromadlarini maksimallashtiradi.
60
Daromadlar markazi korxonaning eng daromadli markazi bo’lib hisoblanadi.
Xarajatlar markazi va daromadlar markazi 80 ga 20 qoidasiga ko’ra tashkil etiladi.
Ushbu qoidaga amal qilib faoliyat yuritadigan korxonalarda mo’ljallangan foyda
miqdorining 80%i foyda olish uchun yo’naltirgan moliyaviy resurslarning 20%i
hisobidan foydalaniladi. Bu daromadlar markazini tashkil etadi. korxona
mo’ljallagan foyda miqdorining 20%ini foyda olish uchun yo’naltirgan moliyaviy
resurslarning 80%i miqdori hisobidan olinadi. Bu xarajatlar markazini bildiradi.
Misol uchun savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati davomida
savdoga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lmagan juda ko’p xarajatlarni amalga
oshiradi. Ya’ni umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyati davomida mijozlarni
qiziqtirish maqsadida qo’shiqchilarni xizmatga chaqiradi, oshxonada mijozlar
uchun qulay sharoit yaratadi. Mijoz uchun xizmatlar sifatini oshiradi. Bu esa ushbu
korxonalar uchun juda katta xarajatlarni talab etadi. Lekin ushbu xarajatlar
korxonaning asosiy faoliyati daromadlarini maksimallashtirishda xizmat qiladi.
Ushbu uchullar bugungi kunda samarasini ortib bormoqda va bu o’z navbatida
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida foyda ko’rsatkichini
maksimallashtirishda asosiy vazifalardan biri faoliyat unumdorligini, korxona
kapitalining rentabelligini oshirish imkoniyatini beradi. Kapital rentabelligi bir
birlik kapitalga to’g’ri keluvchi foyda miqdorini bildiradi. Biz rentabellik deganda
barcha rentabellik ko’rsatkichlarini nazarda tutmoqdamiz. Ya’ni uzoq muddatli
aktivlar rentabelligi, qisqa muddatli aktivlar rentabelligi, xusuiy kapital
rentabelligi, qarz mablag’lari rentabelligi, mehnat unumdorligi va hokozolar. Uzoq
muddatli aktivlar rentabelligini oshirish barcha uzoq muddatli aktivlardan samarali
foydalanish orqali ta’minlanadi. Aylanma aktivlar rentabelligini oshirish aylanma
aktivlar aylanuvchanligini maksimallashtirish orqali amalga oshiriladi. Xususiy
kapital rentabelligi mablag’larni samarali sohalarga taqsimlash orqali amalga
oshiriladi. Qarz mablag’lari rentabelligini oshirish savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalarida qarz mablag’larini o’z vaqtida va samarali foydalanish orqali amalga
61
oshiriladi. Muhnat unumdorligi oshirish korxonalarda ishchi va xodimlar dan
maksimal foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida bank kreditlaridan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi. Savdo korxonalari bank kreditlarilan foydalanish
orqali korxonada moliyaviy resurslarni oshirib, keyinchalik korxona foydasini
oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumki bank kreditlri ikki xil, ya’ni uzoq va qisqa
muddatli bank kreditlari. Uzoq muddatli bank kreditlari korxonaning uzoq
muddatli strategik maqsadlarini amalga oshirishda beriladi va korxonalar
moliyaviy holatini juda yaxshilaydi. Odatda uzoq muddatli kreditlar foiz stavkasi
qisqa muddatli bank krelditlari foiz stavkasidan pastroq bo’ladi. Bu esa bank
kreditidan foydalanuvchi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalar uchun keng
imkoniyatlarni yaratadi. Qisqa muddatli bank kreditlari asosan savdo va
umumiyovqatlanish korxonalarida vaqtinchalik pul mablag’lari etishmovchiligi
yuzaga kelganda olinadi. Qisqa muddatli bank kreditlari savdo va
umumiyovqatlanish korxonalarida faoliyat uzluksizligini ta’minlaydi. Va aynan
shu orqali ushbu korxonalar foydasini oshiradi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to’lovini to’laydilar.
Bunda soliq bazasi tovar oboroti hisoblanadi. bu esa korxonaning soliq to’lovlari
miqdorini oshiradi. Shuning uchun ushbu korxonalarda soliq miqdorini oldindan
inobatga olib tovar baholariga mos ravishda qo’shish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |