64
foydalanish mumkin. Ya’ni bunda korxona oldidagi asosiy masala soliq summasini
vaqtinchalik to’lamasdan, uni ishlab chiqarishga sarflashdan qancha foyda ko’rishi
bilan soliqni vaqtida to’lamaganligi uchun to’lanadigan peniya orasidagi farq
tahlil qilinishi lozim. Natija ijobiy bo’lsa bundan moydalanish maqsadga muvofiq
keladi, aks holatda esa korxona soliqlarni o’z vatida to’lagani maquldir.
Korxonalar moliyasini samarali boshqarishning yana bir asosiy e’tiborli jihati
shundaki, korxonalarda ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish xarajatlarini
optimallashtirsh bo’lib hisoblanadi. Korxonalarda xarajatlarini optimallashtirish
ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirishda korxonalarda xarajatlarni minimallashairish
strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xarajatlarni
minimallashtirish strategiyasini qo’llaganda korxonalar mahsulot narxini
kamaytirish evaziga ushbu turdagi mahsulot bozorining katta ulushini egallashi
mumkin. Ushbu strategiyani amalga oshiruvchi firma yaxshi tashkil qilingan ishlab
chiqarish tizimiga, yaxshi ta’minot tizimiga, zamonaviy texnologiyaga va
muhandislik-konstruktorlik bazasiga hamda mahsulot taqsimlashning yaxshi
tizimiga ega bo’lishi kerak. Qo’shimcha qilib aytish mumkinki, minimal
xarajatlarga erishish uchun mahsulot tannarxi bilan bog’liq bo’lgan barcha sohalar
chuqur tahlil qilinishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ma’muriy va sotish
xarajatlarini ham o’rganib chiqishi va ularni kamaytirish yo’llarini qidirishi
muhimdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonalarda moliyaviy menejmentni
tashkil etish bizning korxonalarimiz uchun yangi jabha bo’lib hisoblanadi shuning
uchun moliyaviy menejmentni tashkil etishning jahon amaliyotini tahlil etish
hamda ularni O’zbekiston korxonalarida qo’llash imkoniyatlarini aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: