Risk sodir bo‘lish tezligi. Risk sodir bo‘lish tezligi – bu risk holati o‘zini oshkor etishi uchun ketadigan vaqtni, ya’ni risk hodisasi sodir bo‘lishi va korxona birinchi bor uning ta’sirini his qilish nuqtasi oralig‘ida kechadigan vaqtni anglatadi. Ushbu tezlikni bilish korxona uchun riskka qarshi choralar rejasini ishlab chiqishiga foydali hisoblanadi (7-jadval).
Riskni baholash.Risklarni baholash – bu har bir risk uchun qabul qilingan mezon asosida qiymat belgilash va ehtimolli imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi. Buni ikki bosqichda amalga oshirish mumkin: birinchi bosqichda sifatiy hisoblash texnikasidan foydalanib risklarni dastlab saralab olinadi, ikkinchi bosqichda eng ahamiyatli risklar bo‘yicha miqdoriy tahlil o‘tkaziladi.
7-jadval
Risk sodir bo‘lish tezligining namunaviy shkalasi
Reyting
Tavsifi
Ifodasi
5
Juda yuqori
Juda ham tez lahzali va xabar signali deyarli yo‘q
4
Yuqori
Sodir bo‘lish tezligi bir kundan bir necha hafta ichida amalga oshadi
3
O‘rtacha
Sodir bo‘lish tezligi oylar ichida amalga oshadi
2
Past
Sodir bo‘lish tezligi bir necha oylar ichida amalga oshadi
1
Juda past
Juda ham past, bir yil va undan ortiq muddat ichida sodir bo‘ladi
Riskni baholash jarayoni oddatda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Risklar va imkoniyatlarni dastlabki tekshirish (saralab olish) sifatiy texnikalar yordamida amalga oshiriladi, so‘ngra risk va imkoniyatlarning muhimlarini miqdoriy hisoblanadi.
Sifatiy baholash har bir risk va imkoniyatni yuqorida keltirilgan namunaviy shkalalar bo‘yicha tahlil qilish orqali baholashdan iboratdir.
Miqdoriy tahlil esa ham ta’sir kuchi va ham ehtimollikning turli ma’lumotlar manbasidan foydalangan holda sonli qiymatini aniqlashdan iborat. Tahlil sifati ushbu sonli qiymatlarni to‘liqligi va aniqligi hamda qo‘llanilayotgan model asosliligiga bog‘liq bo‘ladi. Riskni baholash yondashuvlarining har ikkalasi ham yutuq va kamchiliklarga ega.
8-jadval