Nisbatan tez va oson
Manfaatdor tomonlar uchun tushunish va foydalanishga qulay
Risk darajalari to‘liq frqlab bermaydi
Xarajat-daromad tahlilini o‘tkazishda cheklovlar mavjud
Miqdoriy
VaR kabi qiymatga asoslangan modellarni hisoblaydi
Xarajat-daromad tahlilini o‘tkazish imkonini beradi
Ko‘p vaqt va xarajat talab etadi
Raqamdagi natija qanchayin aniq bo‘lsa-da hisoblashda qo‘llanilayotgan o‘zgaruvchanlar o‘zi asossiz bo‘ladi
Sifatiy baholashda keng ishtirok etadigan usullarga quyidagilar kiradi: intervyu va so‘rov o‘tkazish texnikasi, samaradorlikning qiyosiy tekshiruvi, stsenariyaviy tahlil.
Miqdoriy texnikalar o‘z ichiga deterministik (aniq) va stoxastik (ehtimolli) modellarni oladi.
Mavjud ma’lumot tahlili.Risk sodir bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida ichki va tashqi audit xulosalari, kafolat bo‘yicha da’vo va shikoyatlar, sug‘urta kompaniyalari, sanoat birlashmalari va tadqiqot tashkilotlarining ochiq hisobotlarini keltirish mumkin. Mavjud ma’lumotlarga tayanish obyektiv sanalsa-da, ushbu ma’lumotlar bazasini joriy holatga o‘rinliligini baholash muhim hisoblanadi.
Ssenariyaviy tahlil.Risk bo‘yicha bir nechta ssenariyni shartlari bilan ishlab chiqishni talab etadi. Quyidagi jadvalda korxona daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ssenariyaviy tahlili keltirilgan (9-jadval).
9-jadval