Kreativ fikrlashni shakllantirishda hamkorlik ta’lim texnologiya va uslublarining o’rni Nurmuxamedova Dildor Uralovna


Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi. Afzallik



Yüklə 144 Kb.
səhifə4/10
tarix19.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#100473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kreativ fikrlashni shakllantirishda hamkorlik ta’lim texnologiya

Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik - biror narsa bilan qiyoslashda ustunlik; imtiyoz.
Fazilat- ijobiy sifat.
Nuqson- nomukammalllik, qoidalarga,mezonlarga nomuvofiqlik
E’tiboringizni darslikda berilgan asardan parcha - mikromatnga qaratsak:
“...Bu qishloqda Sariboy bo‘lis degan katta yer egasi bor ekan. Uning ming tanoblab hisoblangan olmazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim zarur bo‘lib turar ekan. Ayniqsa, hozir olmalar pishgan vaqti bo‘lgani uchun menga o‘xshash oshtomog‘iga yuradigan arzonqo‘l kishilarni eshigidan quvlamas ekan. Bu kecha uning xizmatkorlari yotadigan qo‘shxonada yotishga qaror berdim. Uzumchi menga yo‘lboshlovchi bo‘lib ko‘rsatib qo‘ydi. Boyning qari-qartang aralash yigirma choq xizmatkorlari kechki juvari go‘ja ustida edilar.
Assalomu alaykum, – deb kirib bordim. Juda mehribonlik bilan o‘z o‘rtalariga qabul qildilar. Arz-dodimni ularga aytdim. Ulardan bitta keksarog‘i:
Asil umring Sariboyda bekorga o‘tib ketadi, uka, yosh ekansan. Bironta boshqa kasbning payidan bo‘lganingda yaxshi bo‘lar edi. Ha, mayli, sal o‘zingni tutib olguningcha o‘n-o‘n besh kun ishlab tur. Keyin yo‘lingni topib olarsan... – degan dudmal maslahat berdi. Bitta bo‘sh sopol tovoqqa bir cho‘mich go‘ja quyib berdilar. Ikki burda jaydari non bilan shu oshni maza qilib ichib oldim”.

ASPEKT

AFZALLIK

FAZILAT

NUQSON

XULOSA

Qishloq, Sariboy bo’lisning bog’i, ishchilarning norozi kayfiyati va hk

Bu yerga ga kelishning afzalligi ming tanoblab olmazori bo’lgani uchun doimiy ishchi kuchi kerak va hk.

Boy arzonqo’l ishchilarni eshigidan quvlamaydi. O’zini tutib olguncha ko’chada qolmaydi. Bolalarini yaxshi ko’radi va hk

Xasis, mehnatga yarasha haq bermaydi. Suhbatdoshini eshitmaydi. Ocharchilik muhitidan foydalanadi. O’zini go’yo himmati kishidek tutadi va hk

Boyning ming tanoblab olmazori bo’lgani uchun unga doimiy ish kuchi kerak. Yana qanday ishchi kuchi: faqat oshtomog‘iga yuradigan, arzonqo’l ishchilarni oladi. Ayni pishiqchilik mavsumida ishchilar haqini ololmasdan qiynalishadi. Ko’rinib turibdiki, boshqa payti ahvol undan ham qiyin.

Jamoa matn yuzasidan topshiriqlarni bajargach (jadvaldagi fikrlar tayanch tushunchalardir, xolos, o’quvchi o’z dunyoqarashi bilan munosabatga kirishadi va fikrlar jamlanadi), asarning to’liq mazmuniga o’z nuqtai nazari bilan yondashadi. Shu yo’sinda bosh qahramon va uning atrofidagi obrazlar ham o’rganiladi.. Demak, bu hamkorlik texnologiyasining afzalligi ham shunda: muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazarlari bilan tahlil qilish mahorati shakllanadi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin