Javoblardan namuna:
Folbin yolg’onlari girdobidagi gavjumlik - bilimsizlik oqibatidan, ya’ni o’zining mustaqil fikri yo’qligidan bir-biriga ko’r-ko’rona ergashadiganlar hisobiga shakllanishi, shubhasiz.
…yettita xotin, beshta chol, uchta bola … qarang, folbinning “aqlli”ligini; kimlarni tez fursatda o’z yo’lg’onlariga ishontira olishini yozuvchi bir jumla bilan namoyish etyapti. Axir, bu yerda sanab o’tilgan kishilarning hammasi “uyda o’tirgan”, kitob o’qimaganligidan oq-qorani taniy olmagani uchun yig’ilgan-da.
… rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq. Balki, bu bilan jismoniy nosog’lomlik emas, ma’naviy nosog’lomlik haqida gap ketayotgandir. Bu ham bilimsizlikning pand berishi emasmi?
Qorong’i uy detalini qo’llanishi balki, bilimsizlik kishilarning qalbini ham qorong’ilikka chulg’ash orqali, hayot go’zalligidan bebahra qoldirayotganini uqtirish uchundir. Najot istab, yorug’lik izlab kelganlar o’zini yana qorong’ilikka urishi ham insonning ilmsizligi oqibati emasmi?!
Yoki keyingi matnni muhokama uchun beramiz:
– Diqqat, diqqat! – hovliqib, xirillab gapira boshladi Hayitvoy, – o‘g‘rini qidirayotganlar diqqatiga. Hozirgina qochgan bola 12–13 yoshlarda edi. O‘zi qorachadan kelgan, oriq, bo‘yi mendan ko‘ra novcharoq. Ko‘zlari yirik-yirik, doim chaqnab turadi. Burni angishvonaga o‘xshaydi. Gapirganda tutilib-tutilib qoladi. Ustida oq shoyidan sorochkasi bor, shimi yo‘l-yo‘l sherstdan, dazmollanmagan. Afti boshiga bir haftadan buyon suv tegmagan bo‘lsa kerak, hamma yog‘i kir...
Topshiriq: Hoshimjonga berilgan tavsifga siz qanday yondashasiz?
Gapirganda tutilib-tutilib qoladi. Nega? Chunki mustaqil fikri yo’q. bu esa kitob o’qimaganlikning belgisi.
….. dazmollanmagan, hamma yog‘i kir... Yozuvchi asarda nega bu tasvirni ifodaladi? Balki, bu yerda ilmsizlik natijasida halollik o’rniga, kir, ya’ni o’g’rilik ko’rsatilgandir. Bu ham ilm olmasdan hech handay muvaffaqiyatga erishib bo’lmasligini uqtiradi.
O’quvchilarning javobiga qarab, bir-biriga qarama qarshi fikr bildirgan, mantiqiy, ijodiy yondashuvligi bir-biriga yaqin bo’lgan ishlarni saralab, guruhlarga ajratamiz. Shu o’rinda savol tug’iladi: savolga javob berishda hech qanday mustaqil fikr bildirmasdan faqat kitob bilan kifoyalanadigan o’quvchilarni qaysi guruhga kiritamiz? Biz bu o’quvchilarni alohida guruh qilmasdan faollarga biriktiramiz, ya’ni jamoa ichida kichik guruhlar o’rtasida ham sog’lom raqobat shakllanadi.
Quyida samarali natija ko’rsata oladigan hamkorlik ta’lim texnologiyalari vositasida jamoada kreativlikni shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan didaktik tahlil namunalaridan keltiramiz:
6-sinf adabiyot darsligida G’afur G’ulomning “Shum bola” qissasidan parcha berilgan. Asar qahramonlari xatti-harakatini belgilovchi va asar g’oyasini ochuvchi parchalarni qiyosiy tahlil qilamiz. Bunda ijobiy va salbiy tomonlari, afzalliklari va nuqsonlarini ta’riflashga yo’naltirilgan “Yelpig’ich”_texnologiyasi'>Yelpig’ich” texnologiyasidan foydalanib, o’quvchilarga tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini ixcham bayon etish, uni himoya qilishga imkoniyat yaratamiz hamda uning tasavvurini va dunyoqarashini belgilaymiz.
“Yelpig’ich” texnologiyasi muammoli mavzularni o’rganishga, mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot berilishiga qaratilgan. Ayni paytda, ularning har bir alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol texnologiya tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdek himoya qilishga imkon yaratadi.
“Yelpig’ich” texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida:
- boshida – o’z bilimlarini erkin faollashtirish;
- mavzuni o’rganish jarayonida – uning asoslarini chuqur anglab yetish;
- yakunlash bosqichida - olingan bilimlarni tartibga solishda qo’llaniladi.
Texnologiyada uchraydigan asosiy tushunchalar:
Dostları ilə paylaş: |