Bundan tashqari, o’quvchining asar tlini o’rganishi ham mohiyatni tugal ochishga xizmat qiladi. Masalan, matndagi tayanch so’zlarni aniqlab, asar qahramonlari bilan “til topishadi”; voqea bo’lgan muhit va yozuvchining g’oyasini o’rganadi:
Tayanch so’zlar: yer egasi, tanob, xizmatkor, epchil qo‘lli, arzonqo‘l kishilar, qari-qartang aralash, qo‘shxona, arz-dod, kasbning payida, dudmal maslahat, sopol tovoq, go‘ja, jaydari non.
Yoki izohtalab so’zlar lug’at daftarga qayd etiladi, masalan:
Bo’lis - (r. volost – egalik qilmoq) o’tmishda Rossiya va unga tobe hududlarda uyezd tarkibidagi bir qancha qishloqni o’z ichiga olgan ma’muriy bo’linma.
Tanob – (a. – arqon; pay)O’rta osiyo xonliklarida – tomonlari 60 gazdan iborat bo’lgan maydonga teng yuza (yer) o’lchov birligi.
Dudmal - nimaligi aniq bo’lmagan, har xil tushunsa bo’ladigan. Ma’nodoshlari: mujmal, muhmal va hk.
Hali to’liq asar ustida ishlamasdanoq kichik matnning o’zida qo’llanilgan so’zlar orqali o’quvchi ocharchilik yillarini, kun o’tishi uchun keksa yoshdagilarning ham qora mehnatga jalb etilganligini tasavvur qila oladi. Boylarning mardikorlardan foydalanishi ham bejiz emas, mavsumiy ish boshlanganda mehnatiga faqat qorin to’ydirish bilan haq berib qutuladi. G‘afur G‘ulomning mana shu nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holdagi tasvirini “kosa tagidagi nimkosa” qabilidagi gaplardan anglab oladi.
Tushunchalar tahlili” “uslubining maqsadi mavzu yuzasidan tayanch tushunchalarni o’zlashtirib olganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, bilim darajalarini baholay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatishdan iborat.
Tushunchalar tahlili” “uslubini qo’llash tartibi:
• o’quvchilar guruhlarga ajratilib, talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
• tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi va tushunchalar beriladi;
• o’quvchilar tushunchalarga izoh yozadi; o’qituvchi jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali;
• o’quvchi to’g’ri javob bilan belgilangan belgilangan javoblarning farqini aniqlaydi, o’z-o’zini baholaydi.
Misol tariqasida, 7-sinf adabiyot darsligida berilgan “Badiiy so’z qudrati” mavzusi mazmunini belgilovchi tayanch tushunchalarga ta’rif berilib, fanni ijtimoiy hayotdan ayro tasavvur etib bo’lmasligi anglatiladi. Bu holatda yordamchi ta’rifni qo’llamaymiz, chunki o’quvchi o’rganilgan bilim va noodatiy fikrlari bilan tushunchalarga ta’rif beradi. Dunyoqarashi va tasavvur doirasida o’rtaga tashlangan fikrlar saralanadi.
Dostları ilə paylaş: |