Kreativ-pedagog pdf


Qanday qilib yosh o'quvchilarda motivatsiyani oshirish



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix22.09.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#147093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kreativ-pedagog www.sadikov.uz

Qanday qilib yosh o'quvchilarda motivatsiyani oshirish
mumkin?
- O'quvchiga kichik va katta maqsadlarni o’z oldiga qo’yishni
o’rgating. Ustoz sifatida Siz bu maqsadlar haqiqatda mehnat
natijasida erishishini tushuntiring.
- O'quvchingiz muvaffaqiyatini birgalikda nishonlang va doim
mehnatini qadrlang va maqtang.
- O'quvchingizni kelajakda bajarmoqchi bo’lgan ishiga ishonch
hissini orttiring. Shubha va hadiklardan voz keching.
- O'quvchilaringiz qiziqishlari haqida ko’proq biling. Bu sizni
g’amxo’rlik qilayotganingizni ko’rsatadi.
- O'quvchingiz uchun doim Siz ijobiy va to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi
bo’lib qoling. O'quvchingiz sizda qo’rqinch va shubhani ko’rmasin,
shunda o’ziga nisbatan ishonchi ortadi.
Muvaffaqiyatli o'qituvchi bo'lish uchun 5 qadam
1. Namuna bo'ling
O‘quvchilaringiz sizni “super qahramon” sifatida ko‘rishlari juda
muhim. Esingizda bo‘lsin, ular doim sizga hayrat bilan boqadi va
shuning uchun sizga taqlid qilishga harakat qiladilar. Agar qo‘pol
bo‘lsangiz, ularning xatti-harakatlarida ham qo‘pollik namoyon
bo‘ladi. O‘quvchilar sizni ishonchli odam sifatida ko‘rishlari va siz
ko‘rsatgan yo‘ldan borishlari sinalgan haqiqatdir. Har qanday
yoshda ham shogirdlar o‘zlari ishona oladigan, ularni qoyil
qoldiradigan va ergashtira oladigan insonga muhtoj.
2. Shafqatli bo'ling


O‘z o‘quvchilari bilan mustahkam munosabatda bo‘lgan va
g‘amxo‘rlik ko‘rsata olgan o‘qituvchi yaxshi o‘qituvchidir.
O‘quvchilar muomalali, g‘ayratli va bag‘rikeng ustozi bilan bemalol
muloqotga kirisha oladilar. Darsdan so‘ng qo‘shimcha mashg‘ulot
yoki maktab tadbirlarida ishtirok etish bilan o‘zaro yaqinlikni his
ettirish mumkin. Shu tariqa o‘quvchilarda maktabga sadoqat ham
shakllantiriladi.
3. Ba'zi asosiy qoidalar o'rnating
O‘quvchilar rioya qiladigan 3–5 qoidaga ega bo‘ling. Ushbu
qoidalar buzilgan taqdirda chora ko‘rilishini ular bilishlari lozim.
Sinf uchun asosiy qoidalarni birgalikda muhokama qilish va
o‘quvchilar fikrini yozdirish yaxshi natija beradi. Masalan, siz
gapirayotganda jim bo‘lish, barchani hurmat qilish va hokazo
qoidalar...

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin