Kreativ-pedagog pdf


Yaxshi tinglovchi bo'ling



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix22.09.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#147093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kreativ-pedagog www.sadikov.uz

3. Yaxshi tinglovchi bo'ling
Direktorning ko'p vaqti boshqalarni tinglash uchun sarflanadi:
direktor yordamchilari, o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar va


xodimlar. Shuning uchun ular har kuni faol tinglash qobiliyatlarini
o'rganishlari va mashq qilishlari kerak. Shu sababli, miyyangizda
son-sanoqsiz o'y-fikrlar aylanayotgan bo'lsa ham, suhbatdan bosh
tortmang va javob berishdan oldin ular nima deyishayotganini
tinglang!
4. Aniq tasavvurga ega bo'ling
Direktor maktab - rahbaridir. Ular maktabda sodir bo'ladigan barcha
narsalar uchun javobgardir. Sizning munosabatingiz va qarashingiz
kuchli va aniq bo'lishi kerak. Siz o'z maktabingizni qanday tasavvur
qilasiz? Buning uchun doimo o'z qarashlaringizni rivojlantiring,
yangilang va maktabingizda o'z ta'lim falsafangizni qo'llang!
5. Boshqalarga kuch bering
Direktorlar maktabni yaxshilash bo'yicha o'qituvchilarning taklif va
tavsiyalarini inobatga olishi kerak! Maktabingizdagi holatni sizdan
ko'ra qo'l ostingizda ishlayotgan xodimlaringiz yaxshiroq bilishadi.
Shu sababli xodimlaringizga o'z g'oyalarini taqdim etishiga vakolat
bering! Va shuni unutmangki, maktabingizdagi o'qituvchilar bilimi
va mahoratiga e'tiborli bo'ling! Chunki bu maktab taraqqiyoti uchun
eng muhim omil hisoblanadi!
Darsni interaktiv va qiziqarli tarzda o'tkazish uchun 5 ta
layfhack
1. Samarali boshlash muvaffaqiyat kalitidir.
Darsni har doim g'ayrioddiy va qiziqarli tarzda boshlang. Aynan
shu daqiqada siz nostandart usullardan "to'liq" foydalanishingiz
mumkin. Masalan, uy vazifasini zerikarli so'rov o'rniga, blits-turnir,
mini-test o'tkazing, musobaqa tashkil qiling. Agar mavzu yangi
bo'lsa, unda siz darsni ushbu mavzu bo'yicha qiziqarli faktlar bilan
boshlashingiz mumkin. 



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin