Kreativ-pedagog pdf


Biz o'rganib qolgan ko'nikmalar o'rganish tezligiga ta'sir



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix22.09.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#147093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kreativ-pedagog www.sadikov.uz

4.Biz o'rganib qolgan ko'nikmalar o'rganish tezligiga ta'sir
qiladi.
Ushbu ko'nikmalar asosan bir xil muhitda doimiy qolsak shakillanib
qoladi ya'ni siz har kungi bir xil vazifalardan zerikish va
ishtiyoqsizlik sezib qolasiz. Keyinchalik yangi ko'nikmalarni
o'zlashtirayotganingizda, ta'lim jarayoni haqidagi ixtiyoriy
taxminingiz eski maktab darsini yodingizga solishi mumkin. Shuni


inobatga olgan holda dastlabki taassurotlaringizni o'zgartirib, yangi
ko'nikmalarni o'zlashtirishga kirishing. 
Ko'pincha, odamlar tabiatan tez yoki sekin o'rganuvchi
bo'lishmaydi. Gap ularning o'rganish qobiliyatiga bog'liq emas,
balki ular ushbu imkoniyatlardan qanchalik samarali yoki samarasiz
foydalanayotganliklariga bog'liq. Demak, qanday qilib sekin
o'rganuvchidan tezkor o'rganuvchiga aylanish haqida bilib oldingiz.
Endi esa uni amalyotda qo'llab korishingiz qoldi.)
Buyuk ustozlarning 6 xususiyati
1.Buyuk o'qituvchilar barcha talabalarga katta talablar qo'yadilar.
O'quvchilardagi tuzatilishi mumkin bo'lgan muammolardan hech
qachon yuz o'girmaydilar
2.Buyuk o'qituvchilar aniq, yozma ravishda maqsadlariga ega
bo'ladilar. Ular dars rejalariga ega bo'lib, o'quvchilarga nimani
o'rganishi, qanday topshiriqlar berishlari va baholash siyosati
to'g'risida aniq tasavvur hosil qilishadi.
3.Buyuk o'qituvchilar doimo dars berishga tayyor. Ular darslarni
aniq va tizimli ravishda taqdim etadilar.
4.Buyuk o'qituvchilar talabalarni qiziqtiradilar va ularni
muammolarni turli yo'llar bilan ko'rib chiqishga undaydilar.
5.Buyuk o'qituvchilar o'z o'quvchilari bilan mustahkam
munosabatlarni o'rnatadilar va ularga yaqin insoni kabi g'amxo'rlik
qilishlarini ko'rsatadilar.
6.Buyuk o'qituvchilar o'z mavzularining ustalari. Ular o'qitayotgan
fanlari bo'yicha tajribalarini namoyish etadilar va o'z sohalarida
yangi bilimlarni olishga davom etadilar.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin