Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish


Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko’rinishning roli



Yüklə 54,83 Kb.
səhifə11/15
tarix30.07.2023
ölçüsü54,83 Kb.
#138024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kreativ pedagogning fikrlashi an

Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko’rinishning roli
Pedagogik ta’sir etishda tashqi kо‘rinishning roli. Pedagoglar har tomonlama ta‘lim-tarbiya jarayonini tо’g’ri tashkil etishi bilan birga о’zlarining tashqi qiyofasiga ham e‘tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan holda, о’zini namoyon qila olish, о’ziga og’dira olish va e‘tiborni qarata olish dars jarayonini samaradorligini oshiradi. Pedagoglarda faqatgina iste‘dodining о’zi yetarli emas, balki о’quvchilarga yoqa olishni ham bilishi kerak. Lug’aviy jihatdan ―imidj‖ (ing. ―image‖) tushunchasi ―siymo‖, ―timsol‖, ―qiyofa‖ va ―obraz‖ ma‘nolarini anglatadi. Mohiyatiga kо’ra esa ushbu tushuncha yordamida ―joziba‖, ―maftunkorlik‖ ma‘nolarini ifodalaydi. Imidj - aniq bir insonga bо’lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyekt qiyofasidir. Pedagogik imidj - pedagogning ma‘naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi kо’rinishi о’rtasidagi о’zaro uyg’unlik va mutanosiblikdir. О’qituvchining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati 1. Gavdani tutish-tо’g’ri tutish (yurishda, о’tirib turishda), qо’llarning о’qituvchi stolida erkin holatda bо’lishi, batartibligi, ixchamligi. 2. Kiyim-ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning kо’p va kamligi, ishiga mosligi. 3. Pardozning me‘yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi. 4. Soch turmagi (sochning ma‘lum bir tartibliligi) 5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. О’qituvchining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim о’rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, о’qituvchining imo-ishorasida, ma‘noli qarashlarida, rag’batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bо’ladi va ular о’qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta‘sir kо’rsatishida, о’quvchiо’quvchilarga mashg’ulotlarni ta‘sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli о’tish uchun puxta zamin tayyorlab beradi. 6. Mimika-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma‘noli harakatlarning sо’zlayotgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika - bu о’z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiyotini tinglovchi bajarayotgan ishdan roziligi yoki norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, kо’z muskullarini harakatga keltira olish san‘atidir. Ba‘zan yuzning va nigohning ifodasi о’quvchilarga katta tarbiyaviy ta‘sir kо’rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma‘lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur о’zlashtirish uchun imkon yaratadi. О’quvchi pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «о’qib» oladilar. Shuning uchun uydagi ba‘zi noxushliklar о’quv mashg’ulotlariga ta‘sir kо’rsatadi. Mimik ifodalar о’quvchining о’quv kayfiyatiga о’zining salbiy ta‘sirini kо’rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg’ulotlariga xos ta‘sirini kо’rsata bilishi talab etiladi. Bu о’quv - tarbiya topshiriqlarini yechish о’quvchilar ta‘limi va tarbiyasiga ijobiy yо’nalish bera oladigan kо’rinishlarni ifodalashi lozim. Yuz ifodasi, esa о’z navbatida nutq va munosabat xarakteriga mos bо’lishi kerak. U ishonch, ma‘qullash, ta‘qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarda ifodalanishi mumkin. Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qayd qilinganidek qosh, kо’z, yuz kо’rinishi va muskullari ishtirok etadi. Kо’z, qosh, yuz о’quvchi-о’quvchilar javobidan qoniqish, xursand bо’lish, faxrlanish yoki e‘tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bо’lish va boshqa belgilarni ifodalasa, ta‘lim oluvchilar diqqatini bо’lmasdan, boshqalarga xalaqit bermasdan ta‘lim - tarbiya ishlarini olib borish muvaffaqiyatli kechadi. Shuni ham alohida e‘tirof etish joizki, mimik ifodalar namoyish qilinayotgan paytda о’qituvchining nigohi о’quvchi-о’quvchilarga, yoki ayrim о’quvchilarga qaratilgan bо’lishi zarur. Doskaga, eshikka, derazaga, kо’rgazma qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim. 6. Pantomimika - qо’l, oyoq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar. Pantomimika – bu gavda, qо’l, oyoq harakatidir. О’qituvchi darsda о’quv ma‘lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati orqali ma‘lumotlarning obrazini chizadi, о’quvchi-о’quvchilar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg’ulari, ularning tashqi hissiyotlari bilan qо’shilib butun borliq ma‘lumotlar mazmunini о’zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va tо’liq bayon qila turib qо’l, boshni turli harakatlarga keltirish о’qituvchining о’z bilimiga, kuchiga ishonchini anglatadi. Shuni ham unutmaslik kerak.

Yüklə 54,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin