Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish



Yüklə 54,83 Kb.
səhifə10/15
tarix30.07.2023
ölçüsü54,83 Kb.
#138024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kreativ pedagogning fikrlashi an

Pedagogning nutq madaniyati
Pedagogning nutq madaniyatini, odob normasini egallashida ona tilidan keyingi asosiy o‘rinni badiiy adabiyot egallaydi. Uni muttasil va muntazam o‘qib borish notiqning so‘z boyligini oshirishiga, tasvirli ifodalarni, badiiy iboralarni ko‘proq egallab olishiga, xalq orasida keng tarqalgan adabiy til boyliklarini terib, o‘zlashtirib olishiga katta yordam beradi. Badiiy adabiyot notiqni maishiy turmush, ijtimoiy hayot bilan o‘zi bilganidan ko‘ra chuqurroq tanishtiradi, fikrlash miqyosini yanada kengaytiradi, madaniy saviyasini oshiradi, mantiqiy tafakkur salohiyatini boyitadi.
Badiiy adabiyotni muntazam o‘qib boradigan xalq oldida tez-tez so‘zga chiqib turuvchi pedagog, rahbar o‘z nutqida badiiy tasvirlardan o‘rinli foydalanadi, hayotdaga ayrim voqealarni, shaxslarni badiiy adabiyot qahramonlari bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi, natijada uning nutqi jonli, hayotiy, ta’sirli bo‘ladi.
Pedagoglar, maktab rahbarlari uchun ibratli hikmat-lardan yana biri shundaki, biror so‘z aytishdan avval uning ortidan "keladigan" oqibatini o‘ylash zarur. Yaxshi o‘ylanmay, oqibatini oldindan chamalamay, ixtiyoriy yoki beixtiyor aytib yuboriladigan so‘z haqiqatga xilof bo‘lishi, muayyan bir kishining izzat-nafsini yerga urishi, qalbini jarohatlashi mumkin.
Pedagogning zo‘rma-zo‘raki, sun’iy tarzda so‘z ishlatishi aksariyat hollarda nutqni buzadi. Eng o‘rinli so‘zlar o‘z-o‘zidan quyilib keladigan, oldindan saralab, chamalab qo‘yilgan so‘zlardir; ularni nutq jarayonining o‘zi aytib turgandek bo‘ladi.
Mohir pedagog yoki rahbar o‘quvchilarning nutq madaniyatini shaxsiy namunasi bilan ham tarbiyalaydi. Masalan, u tinglovchi, talabalarda o‘z fikrini aniq ifodalash, har bir so‘z va jumlani ishlatishga mas’uliyat bilan yondashish; o‘zbek tilining g‘oyat boy xazinasidaga so‘z javohirlaridan ustalik bilan foydalanish malakasini sayqal toptira oladi; ibratomuz so‘zlari, yoqimli iboralari, namunali tashbihlarga boy jumlalari, jarangdor talaffuzi bilan tinglovchilarda ko‘nikma, mahorat hosil etadi.
Leksiyada xalq og‘zaki ijodiga mansub hikmatli so‘zlar, ruboiy, to‘rtlik, qiziq-kiziq iboralardan foydalanish talab etiladi. Badiiy tasvir, qiyoslash, hajviya (yumor) kabilar ma’ruzani qiziqarli qiladi; talabalarni zeriktirmaydi: mudratib, pinakka ketkazib qo‘ymaydi, hordig‘ini chiqaradi.
Pedagog hamisha so‘zlarga torlik, mazmunga kenglik zarurligini unutmasin. U ko‘p va teran fikrlasa, oz gapiradi; chunki oz so‘zga ko‘p mazmun singdirishga intiladi. Bayon etiladigan masalaning mazmuni avval puxta o‘ylab olingan bo‘lsa, so‘zlar beixtiyor quyilib kelaveradi. Shunda notiqlik go‘yo fikr naqqoshliga bo‘ladi.
Til boyliga – tafakkur boyligining, til qashshoqligi - fikr qashshokligining ifodasi ekanligini quyidagi mulohazalar tasdiqlaydi: agar pedagogning nutqi lanj, sust, poyma-poy, no‘noq, mujmai, qovushmagan bo‘lsa, demak, uning fikrlash qobiliyati ham shundaydir. Har bir notiq o‘z nutqida aniqlik, ravshanlik, jozibadorlikka erishmog‘i zarur; bu esa voizdan so‘zlashda qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlikni talab etadi. Tildagi aniq-ravshanlik - tiniq fikrning tashqi ifodasi, chunki shunday fikrgina ravshan so‘zlashni ta’minlaydi. So‘zlashdagi noaniklik, shubhasiz, fikrdagi noaniklikning belgisidir.
Qaysi pedagog yoki rahbar aniq-ravshan fikr qilsa, uni xuddi shunday bayon etadi. Tilda, ma’noning anikligi, o‘tkirligiga intilish notiqdik san’atini egallash uchun kurashishdir; bu kurash qanchalik keskin, o‘tkir, aniq yo‘lga solingan bo‘lsa, nutq shu qadar samarali bo‘ladi. So‘zga jo bo‘lmaydigan hech bir mazmun yo‘q. Rahbar yoki pedagogning nutqidaga so‘zlar - fikrlarining ifodasidir, shu bois bu so‘zlar ifoda etilayotgan fikrga muvofiq bo‘lmasa, so‘z ham mujmal, mavhum bo‘ladi. Mohir notiqdagina fikr ravshanligi ifoda aniqligi bilan hamohang bo‘ladi.Pedagogning so‘z boyligi katta va xilma-xil bo‘lsa, uning nutqi jozibali hamda ko‘rkam bo‘ladi. Buning uchun o‘z mutaxassisligi sohasidagi barcha asosiy tushuncha, atama va kategoriyalarni puxta bilishi, o‘z o‘rnida, ya’ni aralashtirmasdan, almashtirmasdan qo‘llay olishi kerak. Shu bilan birga, u ilmiy, siyosiy adabiyotni, jumladan yurtboshimiz asarlarini, badiiy adabiyotni diqqat bilan, sinchiklab, muttasil o‘qib bormog‘i lozim.

Yüklə 54,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin