bu yerda, 𝑅(𝐵)- sohalarga berilgan kreditning jami berilgan kreditdagi ulushi;
𝑅(𝐴) - jami berilgan kreditlarni qaytmaslik ehtimoli.
Ushbu formula orqali biz iqtisodiyot sohalariga ajratilgan kreditlarning
qaytmaslik riskini hisoblashimiz mumkin.
Umuman olganda, tijorat banklari kredit riskini kamaytirishda quyidagi ishlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- kredit bo‘limi kreditlarni ajratish va qaytarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
muntazam ravishda tizimlashi va umumlashtirishi kerak. Berilgan kreditlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan kreditlar hajmiga ko‘ra, kredit olgan mijozlar
(shaxslar, davlat organlari, korxonalar, boshqa banklar va boshqalar) bo‘yicha
tasniflanishi kerak;
- kredit berish uchun aniq vakolatlar belgilanishi kerak, kredit tashkiloti
xodimining bilim darajasi qanchalik baland bo‘lsa, u imzolaydigan kredit miqdori
shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak;
- katta miqdordagi va tahlikali kreditlarni berishda bir nechta banklar birlashadi
va birgalikda ushbu kreditni beradi;
- kredit qaytarilmasligini sug‘urtalaydigan sug‘urta kompaniyalari himzatlaridan
foydalanish zarur;
- kreditlarni berish bo‘yicha tashqi cheklovlar mavjud belgilash. Aytaylik, bitta
mijozga juda katta miqdorda kredit berishga yo‘l qo‘yilmasligi maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
Kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil risklar bilan bog‘liq bo‘lib, kreditlarni
belgilangan muddatda qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli kredit
tashkilotlari o‘z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil
qilish kredit riskini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek hozirgi kunda kredit riskini boshqarishda zamonaviy moliyaviy
texnalogiyalardan foydalanish ham kredit riskini oldini olishda samarali usullardan biri
hisoblanadi. So‘ngi yilllarda respublikamizda bu borada xorijiy mamlakatlardan tijorat
banklariga yangi texnalogiylar olib kelindi va “Scoring” tizimi tashkil etildi. Bu tizim
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1268
mijozning kreditga layoqatliligini aniqlab beradi va bu yerda inson omili ishtirok
etmaydi. Bu esa kreditlash jarayonidan to‘gri qaror qabul qilishga yordam beradi.