Kredit riskining tijorat banklari faoliyatiga ta’siri
Nodir G’iyosaliyevich Xidirov
Odiljon Komiljonovich Ollonov
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Tijorat banklari faoliyatiga ta’sir etuvchi risklar darajasini
pasaytirmasdan, ularni samarali boshqarmasdan turib, ko‘zlangan foydaga
erisholmaydi. Bank risklarini boshqarish bank faoliyatini amalga oshirishida yuzaga
keladigan risklarni qanday aniqlash bilan bog‘liq. Ushbu maqolada “bank riski”
tushunchasining mazmun-mohiyati tadqiq qilingan, bank risklarini boshqarish
usullarini o‘rgilgan holda, ularni ta’sir darajasini pasaytirishga qaratilgan maxsus
takliflar berailgan.
Kalit so’zlar: Tijorat banki, risk, bank risklari, risk menejmenti, kredit riski,
riskning diversifikatsiyalanishi.
The impact of credit risk on the activities of commercial banks
Nodir Giyosaliyevich Khidirov
Odiljon Komiljonovich Ollonov
Tashkent Institute of Finance
Abctract: Commercial banks will not be able to achieve their intended benefits
without reducing the level of risks that affect their operations and managing them
effectively. Banking risk management is about how identifying the risks involved in
the conduct of banking activities. This article examines the essence of the concept of
“banking risk”, studying the methods of bank risk management and making specific
recommendations to reduce their impact.
Keywords: Commercial banking, risk, banking risks, risk management, credit
risk, risk diversification.
KIRISH
Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek tijorat baklari
faoliyatidan ko‘zlangan natija - bu birinchi navbatda foyda olishdir. U risk bilan
bog‘liq bo‘ladi. Shu tufayli tijorat banklari oldida turgan birinchi masala - risk va
foydalilik o‘rtasidagi optimal darajaga erishishdir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlari tamoyillarining amal qilishi tijorat
banklaridan o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq risklarni boshqa xo‘jalik subyeklariga
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1265
nisbatan ko‘proq o‘rganishlarini talab etadi. Chunki tijorat banklari o‘z faoliyati bilan
bir tomondan, o‘z aksiyadorlari, o‘z mablag‘larini ishonib topshirgan va bank
xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar. Bank
tizimining samarali ishlashida, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari bo‘lgan tijorat
banklari, iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish va yuksaltirishga xizmat qiladi. Biroq,
katta miqdordagi daromadga intilish va spekulyativlikni keng qo‘llash amaliyotlari
natijasida nafaqat tijorat banklarining barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin,
balki, butun bank tizimiga ham. Chunki banklarning faoliyati doimo xavf-xatarlar bilan
bog‘liq bo‘lib, risklarni to‘g‘ri baholash dolzarb vazifalardan biridir.
ADABIYOTLAR SHARHI
Risklarni boshqarishda sug‘urta vositalaridan foydalanishni optimallashtirish,
umuman zamonaviy talablarga muvofiq risklarni boshqarish tizimini shakllantirish,
islohot va modernizatsiyani yanada chuqurlashtirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha
bir qator xorijiy va mahalliy olimlar, iqtisodchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib
borishgan.
Xorijiy
davlatlar
iqtisodchi
olimlaridan
P.Rouz,
J.Sinki,
rossiyalik
iqtisodchilardan E.F.Jukov, G.G.Korobova, O.I.Lavrushin kabi iqtisodchi olimlar
o‘zlarining tijorat banklari risklari borasida o‘z ilmiy qarashlarini darslik va o‘quv
qo‘llanmalarida bayon etganlar. Jumladan xorijiy olimlardan O.Afanasevaning fikriga
ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda banklar uchun qisqa muddatli kreditlar berish
uzoq muddatli investitsion kreditlar berishga qaraganda afzal bo‘lib, yuqori
daromadliligini va past risk darajasi bilan ajralib turadi [1]. O.I.Lavrushin bank
risklariga quyidagicha ta’rif bergan “Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o‘lchovi
bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi” [2].
“Банковский менеджмент” darsligi muallifi P.Rouz risklarga kengroq
tushuncha berib, u bank risklarini quyidagi oltita asosiy turga ajratadi [3]:
- kredit riski;
- valyuta riski;
- likvidlik riski;
- foiz riski;
- operatsion risk;
- bozor riski.
Malakatimiz
iqtisodchilaridan
tijorat
banklari
likvidliligi
borasida
Sh.Z.Abdullayeva, T.I.Boboqulov, B.T.Berdiyarov, F.U.Dodiyev, I.T.Jumaniyozov,
N.Xidirov [7,8] kabi qator olimlar ushbu masalaga o‘zlarining ilmiy maqolalarida,
ilmiy ishlarida to‘xtalgan holda fikr - mulohaza yuritganlar. Jumladan
Sh.Z.Abdullayeva bank risklariga o‘z ilmiy ishlarida quyidagicha ta’rif bergan, “Bank
amaliyotida risk har doim ham kutilmagan xodisa emas. Bank faoliyatining barcha turi
risk bilan bog‘liq. Bank shu faoliyat turi yoki operatsiya riskli ekanligini bilib turib,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1266
shu operatsiyani amalga oshirishga qaror qiladi yoki amalga oshiradi va u barcha
hollarda shu operatsiya natijasida yuqori daromad olishni rejalashtiradi” [4].
TAHLIL VA NATIJALAR
Tijorat banklarida risklarni boshqarishda asosan P.S.Rouz tomonidan taklif
qilingan 6 turdagi risk bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu risk turlari ichida kredit riski
o‘z o‘zidan boshqa turdagi risklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli kredit riski tijorat
banklarida eng katta riski hisoblanib, tijorat banklari uni boshqarishga katta e’tibor
qaratishadi.
Kredit riskini tahlilini ko‘radigan bo‘lsak, kredit riski bu berilgan kreditlarning
o‘z vaqtida to‘liq qaytmasligidir [6]. Respublikamiz tijorat banklaridagi so‘nggi
yillarda bu holatlar bilan bog‘liq ko‘plab muommoli holatlar kuzatilmoqda.
1-rasm. Tijorat banklarining kredit portfeli va muommoli kreditlari (mlrd.so’m) [9]
1-rasmdan koʼrinib turibdiki, 2019-2021-yillarda tijorat banklari tomonidan jami
ajratilgan kreditlar oʼsish tendensiyasiga ega boʼlgan. Ajratilgan kreditlarga mutonosib
ravishda muommoli kreditlar ham o‘sib borgan. Jumladan, 2020-yil 1-yanvar holatiga
ko‘ra muommoli kreditlar jami kreditlarning 2.3% ini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi ikki
yil davomida bu ko‘rsatkich mos ravishda 2.8% va 5.3% ga teng bo‘lgan.
Bundan ko‘rishimiz mumkinki, tijorat banklar tomonidan ajratilayotgan
kreditlarda muommoli kreditlar ulushi yildan yilga oshib bormoqda, ayniqsa 2021-
yilda bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 2.5% ga oshgan. Bu esa tijorat banklarining
kredit riski eng katta risk turi ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu risk turini boshqarishda xorij tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, kredit
portifelini diversifikatsiya qilish orqali bu riskni kamaytirish mumkin. Ya’ni, tijorat
banklari kreditining 25 % dan ortiq qismi bitta tarmoq korxonalariga ajratilmasligi
kerak. Kredit portfelining tarmoq xususiyatiga ko‘ra diversifikatsiyalash bo‘yicha
me’yoriy daraja 25 % bo‘lsa-da, ko‘pchilik AQSH va Yevropa banklarida ushbu
me’yoriy chegara 10% qilib belgilangan. Bizda esa ayrim banklar tomonidan qishloq
xo‘jaligi, uy-joy qurulish va sanoat tarmoqlariga 40% dan ortiq kreditlar ajratiladi.
221934
280215
327180
5021
7844
17212
0
50000
100000
150000
200000
250000
300000
350000
01.01.2020
01.01.2021
01.01.2022
M
lrd s
o'
m
da
Kredit portifeli
Muommoli kreditlar(NPL)
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1267
Kredit portfelini diversifikatsiyalash usulidan foydalanishda bank kreditlarini
turli sohalardagi kompaniyalarga, kichik miqdorda qisqa muddatlarga va ko‘proq
mijozlarga berish maqsadga muvofiq. Ya’ni, kreditlarni diversifikatsiya qilishda
berilgan kreditlarning ta'minlanganligini hisobga olish yo‘li bilan kreditlar bo‘yicha
risklarni kamaytirib, bank undan foyda olishga erishishi mumkin.
Kredit portfelini diversifikatsiyalash usulidan foydalanishda sohalar bo`yicha
berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik riskini topish uchun Bayes formulasidan
foydalaniladi [5]. U quyidagicha ko‘rinishga ega:
𝑅
𝐴
(𝐵
𝑛
) =
𝑅(𝐵
n
)𝑅
𝐵n
(𝐴)
𝑅(𝐴)
Dostları ilə paylaş: |