Kredit tarixi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati Xozirgi zamonda kredit tushunchasi va uning shakllari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta’minoti bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/11
tarix20.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#100938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kredit va uning xozirgi zamon shakllari (2)

2. Majburiyat sub’ektlari bo‘yicha Qonun bo‘yicha bank garantlari sifatida faqat kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlari qatnashishi kafil sifatida esa turli yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin
3. Munosabatlarni o‘rnatish shakli bo‘yicha Bank-garantlar bank-kreditorlari bilan bank kafolati shartnomasini tuzadilar yoki ularga kafolat xati yuboradilar Kafillilik munosabatlari esa bank-kreditor va kafil o‘rtasida kafillik shartnomasi tuzilishi natijasida o‘rnatiladi
Ko‘pchilik (asosan kam tajribali garantlar) nimani boshdan kechirishlarini qachon qarz oluvchi olgan kreditini qaytarishini yo xohlamasa yoki qaytara olmasa taxmin qila olmaydilar Tajribali britan iqtisodchisi Kristofer A Blumfild kafolat berayotgan paytida ba’zi bir qoidalarga e’tibor berishni maslahat beradi Buning uchun siz quyidagilarga ishonch hosil qilishingiz kerak:
1) Kafolatlanayotgan shartnomaning mustahkamligiga ishonish;
2) Berilgan kreditni qoplash bo‘yicha masalalarni yaxshilab ko‘rib chiqish;
3) Bank-kreditor bilan kafolatni taqdim etish to‘g‘risida kelishish bunda kafolat summasi sizning aktivlaringiz qiymatidan yuqori bo‘lmasligi kerak
Bank kafolati berilganiga qarz oluvchi garantga mukofot to‘laydi
CHaqirilmaydigan kafolat – bu kafolat chaqirilishi bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi (agar bank-garant bank-kreditor bilan oldindan kelishib olmagan bo‘lsa) mumkin emas Ammo qonun bo‘yicha chaqiriladigan kafolatni qo‘llash ham ta’qiqlanmagan Agar bank kafolati to‘g‘risidagi shartnomada: “bank kafolati chaqiriladigan xarakterga ega” deb aniq belgilangan bo‘lsa bunda garant xohlagan paytida bergan kafolatini bekor qilishi mumkin Agar kreditor chaqiriladigan kafolatga rozilik bildirsa uning ishi bitdi degan gap CHunki bunday kafolat bo‘yicha mablag‘ni kreditor hech qachon ololmaydi SHuning uchun kreditorlar kafolat turiga juda e’tibor bilan qarashlari lozim
Bank-kreditor qarz oluvchi va garant o‘rtasidagi munosabatlarda eng muhim jihati bu bank kafolatini kuchga kirish vaqtini aniqlash hisoblanadi Qonunda belgilab o‘tilgan bank kafolati u berilgan kundan boshlab kuchga kirishi to‘g‘risida agar kafolatda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa
Amaliyotda kafolatni kuchga kirishining boshqa hollari ham mavjud:
- qarz oluvchi garantga kafolat summasidan aniq foiz hisobida komission mukofot o‘tkazilgandan keyin;
- qarz oluvchining hisob raqamiga barcha kredit summasi o‘tkazilgandan keyin;
- kredit shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlar bo‘yicha kredit ishlatilganda va boshqa hollarda kafolat kuchga kiradi
Bank kafolatini ijro etilishi to‘g‘risidagi kreditor talabi u tomonidan yozma shaklda kafolatda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga garantga taqdim etilishi kerak.
Agar qarz oluvchining majburiyati bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoidani buzib o‘tish hollari bo‘lsa u albatta ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
SHundan so‘ng garant benefitsiar talabini qabul qilish paytida yuzaga kelgan aniq majburiyatlarni bajarishi, ya’ni:
- kechiktirmasdan bu haqda prinsipal (qarz oluvchi)ga xabar berish va unga talabnomaning nusxasini barcha ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga yuborishi;
- berilgan muddatda benefitsiar (kreditor) talabini ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqishi va bu talabnoma va hujjatlar kafolat shartlariga to‘g‘ri kelishini aniqlashi zarur
Umumiy me’yorlarga muvofiq hujjatlar birinchi navbatda kafolat bilan ta’minlangan prinsipal majburiyatlarini ijro etilmasligini tasdiqlashi kerak Ammo bunday hujjatlarni yig‘ish benefitsiar uchun ancha mushkuldir va bu bank kafolati bo‘yicha to‘lovni olish imkoniyatini kamaytiradi Bunday hujjatlarga:
- kafolat bilan ta’minlangan majburiyatni prinsipial tomonidan bajarilmaslik holatini o‘rnatuvchi sud arbitraj sudi qarori;
- qarz oluvchining majburiyatini bajarmasligini rad etish to‘g‘risida hujjatlar va boshqalar kiradi
Barcha kreditor va garant o‘rtasidagi munosabatlar bank kafolati shartnomasida aniqlanadi bu qoidaga rioya qilmaslik yoki yozma shaklda shartoma tuzmaslik shartnoma haqqoniy emasligidan dalolat beradi Kafolat yoki ikki tomonlama shartnoma garant tomonidan kreditorga yuborilgan kafolat xati orqali rasmiylashtiriladi

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin