Kresna Social Science and Humanities
Research
Proceedings of the International Conference on Sustainable Development:
Problems,
Analysis And Prospects
ISSN 2774-3918 (online), https://ksshr.kresnanusantara.co.id. Published by Kresna Nusantara
Copyright © Author(s). This is an open-access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License (CC BY).
To view
a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/.
3
Tasviriy San’at Darslarida Tabaqalashtirilgan Ta’lim Orqali
O‘Quvchilarning Ijodiy Qobiliyatlarini Rivojlantirish
Mehrangiz Mashrabovna Xasanova
Buxoro davlat universitetining Pedagogika institute 1-bosqich magistranti
Nodir Djalolovich Yadgarov
Buxoro
davlat universiteti, Ilmiy rahbar
Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o‟rta ta‟lim hamda san‟at maktablarida tasviriy san‟at
darslarining samaradorligini yanada oshirish, tabaqalashtirilgan holda o„qitish orqali
o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari
xususida so‟z yuritilgan.
Kalit so’zlar: tasviriy san‟at, maktab ta‟limi, ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat, metodika,
tabaqalashtirish, individual yondashuv.
So‟nggi olti olti yillikda mamlakatimizda tasviriy san‟at sohasini rivojlantirish maqsadida
yanada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yilda “Tasviriy va amaliy san‟at
sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to„g„risida”gi O‟zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorida ham “Iqtidorli yosh professional san‟at namoyondalarining
bilim va ko„nikmalarini rivojlantirishga yo„naltirilgan o„qitishning zamonaviy shakl va
uslublari, samarali
pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng
foydalangan holda ta‟lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta‟minlash” masalasiga
ham alohida e‟tibor qaratilgan.
1
Tasviriy san‟at darslarini tabaqalashtirib o„qitish – zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
eng samarali turlaridan biri bo‟lib, ushbu ta‟limda o„quvchilar individual yoki guruhlarga
ajratib o„qitilishi mumkin. Bu esa sinfdagi barcha o„quvchilarning
bilim va malakalarini
yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va dars samaradorligini yanada oshiradi. Tasviriy san‟at
o„qitishda o„qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning interfaol usul va texnologiyalarini
qo‟llagan holda, tabaqalashtirib o„qitish texnologiyasi prinsiplardan foydalansa,
darslar
samaradorligini oshirib boradi.
Bugungi kunda pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta‟limning ikki turi ishlab
chiqilgan:
1.
Darajali tabaqalashtirish;
2.
Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.
Darajali tabaqalashtirish o‟za navbatida ikki turga bo„linadi.
Individual ta‟lim. Bunda o„quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab har bir o„quvchi
bilan alohida-alohida ish olib boriladi.
1
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san‟at sohasi samaradorligini yanada oshirishga
doir chora-tadbirlari to„g„risida”gi 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori.