Kriptografik usullar


Feystel tarmoғiga asoslangan (Feistel ciphers)



Yüklə 11,99 Mb.
səhifə18/30
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160892
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Kriptografik usullar

Feystel tarmoғiga asoslangan (Feistel ciphers). Dastlabki blokli shifrlash usullari aynan Feystel tarmoғiga asoslangan bo`lib, bu tarmoқning asosi 5-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Feystel tarmoғi


Ushbu tarmoқ moҳiyati қuyidagicha, ya`ni kirish blogi (bu tarmoқda 64 bit kirish blogi tavsiya etiladi) ikki қismga(chap va o`ng қismlarga) ajratilib, kalit asosida қism ustida amallar bajariladi.
Ushbu tarmoқda ko`plab simmetrik blokli shifrlash algoritmlari yaratilgan bo`lib, ular orasida eng mashҳurlari, GOST 28147-89, DES, Blowfish, CAST, Twofish va boshқalar.
Bugungi kunda ko`plab amalda қo`llanilib kelinayotgan komp’yuterlardagi arifmetik amallarni bajaruvchi қurilma ikkilik sanok sistemasida 32 razryad bilan ifodalanuvchi sonlar uchun mo`ljallangan. Kelajakda komp’yuter foydalanuvchilari uchun bundan ҳam katta 64, 128 va xokazo razryadli sonlar ustida arifmetik amallar bajarish imkoniyatini beruvchi tezkor қurilmalar yaratilishi tabiiy ҳol. SHularni ҳisobga olib, Feystel tarmoғiga asoslangan shifrlash algoritmlarini akslantirish asoslarini saқlab қolgan ҳolda, K-kalit uzunliklarini oshirish masalasi echiladi. Mana shunday masalani echish uchun Feystel tarmoғi қuyidagicha takomillashtiriladi:

3-rasm. Takomillashgan Feystel tarmoғi raundi
SHunday қilib, takomillashgan Feystel tarmoғi қuyidagi afzalliklarga ega:
1. Takomillashtirish parametri ga boғliқ ҳolda shifrlash algoritmi xossalari va bardoshliligini saқlab қolgan ҳolda algoritm kaliti uzunligini oshirib borish imkoniyati mavjud. Bu esa, o`z navbatida, ҳisoblash texnikasi қurilmalarining takomillashuvi natijasida algoritm kaliti uzunligi to`liқ tanlash usuliga bardoshsiz bo`lib қolishining oldini oladi.
2. Algorim tezligi takomillashtirish parametri ga boғliқ emas, ya`ni Feystel tarmoғiga asoslangan takomillashgan va asosiy algoritm tezliklari teng. Bu xossa o`z navbatida algoritm tezligini saқlab қolgan ҳolda takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin