1-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 10006300 kVA konstruk-siyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori: 1 bak; 2 moy uchun ventil; 3 zaminlash uchun qistirma; 4 ter-mosifonli filtr; 5 radiator; 6 kuchlanishni rostlash qayta ulagichi; 7 kengaytirgich; 8 moy korsatkich; 9 havo quritgich; 10 chiqaruvchi (saqlovchi) truba; 11 gaz rele; 12 YuK chulgam uchun otish izolyatori; 13 qayta ulagich dastagi; 14 PK chulgamga oid otish izolyatori; 15 transformatorni kotarish uchun ilgich; 16 PK chulgamni otish izolyatori bilan boglovchi otkazgich; 17 magnit otkazgich; 18 YuK chulgamni otish izolyatori bilan boglovchi otkazgich; 19 yuqorgi va pastki yarmo balkalari; 20 YuK chulgam rostlash tarmogining simlari; 21 YuK chulgam; 22 aravacha gildiragi.
Transformatorlarning tasnifi, ularga qoyiladigan asosiy talablar, gabaritlari va nominal kattaliklari Transformatorlarning tasnifi. Bajaradigan vazifasiga kora transformatorlar quyidagi turlarga bolinadi: 1) kuch transformatorlari; 2) maxsus transformatorlar.
Kuch transformatorlari oz navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bolinadi.
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga moljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani ozgartirish(kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformatorni kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quvvati 6,3 kVA va undan katta bolgan uch fazali transformatorlar hamda quvvati 5 kVA va undan katta bolgan bir fazali transformatorlar kiradi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmogiga ulash uchun yoxud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya istemolchilarini bevosita taminlashga tayyorlangan transformatorlarni umumiy maqsadli kuch transformatorlarideyiladi. Transformatorlar fazalar soniga kora: bir, uch va kop fazali(sohaviy); chulgamlar soniga kora ikki, uch va kop chulgamli turlarga bolinadi.
Agar transformatorning har fazasida uchta[yuqori kuchlanishli (YuK), orta kuchlanishli (OK) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulgamlari bolsa, bunday holda uch chulgamli transformator deyiladi.
Agar transformatorda U1N2N bolsa oshiruvchi, U1N>U2N bolganida esa pasaytiruvchi transformator deyiladi.