Kuch transformatorlarini tanlash reja: Tranformatorlar va ularning turlari


Kuch transformatorlariga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 420,85 Kb.
səhifə3/6
tarix02.05.2023
ölçüsü420,85 Kb.
#106386
1   2   3   4   5   6
Kuch transformatorlarini tanlash

Kuch transformatorlariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari ishonchlilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan jahon bozorida yuksak raqobatbardosh bo‘lishi zarur. Shu sababli mazkur transformatorlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: a) ishlab chiqarishda va ishlatishda tejamli bo‘lishi; b) ishlatishda ishonchliligi; c) isroflar standartda belgilangan me’yordan oshmasligi; d) parallel ulash shartlarini qanoatlantirishi; e) me’yordan ortiqcha qizib ketmasligi; f) kuchlanishni rostlashga imkon berishi; g) transformatorni ishlatish jarayonida ayrim sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan qisqa muddatli o‘ta kuchlanishlarga va kam muddatli qisqa tutashuvdagi ancha katta bo‘lgan toklar ta’siriga bardosh berishi zarur.
Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar standart talablariga mos holda texnik shartlar bo‘yicha tayyorlanadi va elektr energiyani o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajarish uchun belgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi nominal kattaliklar bilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda transformatorga mahkamlangan pasport taxtachada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
Transformatorning to‘la nominal quvvati VA yoki kVA da ko‘rsatiladi:
a) bir fazali ikki chulg‘amli uchun – S1N U1NI1N ;
b) uch fazali ikki chulg‘amli uchun – S1NU1NI1N= 3U1NfI1Nf.
Transformatorlarda FIK juda ham katta bo‘lganligidan ikki chulg‘amli transformatorda birlamchi (S1N) va ikkilamchi (S2N) chulg‘am nominal quvatlari taxminan bir xil bo‘ladi, ya’ni: S1N  S2N.
Nominal kuchlanish deganda har bitta chulg‘amning liniya kuchlanishi tushuniladi. Ikkilamchi chulg‘amning nominal kuchlanishi uchun U2NU2(0) qabul qilinadi. Transformatorning nominal toklari deganda quvvati S1S2SN va kuchlanishlari (U1N va U2N) bo‘yicha hisoblangan 1-2-chulg‘amlarning liniya qiymatlari tushuniladi. Bulardan tashqari: 1) nominal chastota, fN; 2) fazalar soni, m; 3) chulg‘amlarning ulanish sxemasi va guruhi; 4) qisqa tutashuv kuchlanishi, uq.t., (%); 5) transformatorning tipi; 6) standart nomeri; 7) sovitish usuli va boshqa ayrim ma’lumotlar keltiriladi.

Yüklə 420,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin