2. Podstansiyalarda transformatorlarning soni va quvvatini tanlash. Transformatorlarning sonini tanlash Korxonaning ratsional elektr taminoti tizimini yaratishda BPP va sex podstansiyalaridagi kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini texnik va iqtisodiy nuqtai nazaridan togri tanlash katta ahamiyatga ega. Texnik korsatgichlarga elektr taminoti sxemasining ishonchliligi, ekspluatatsiyada qulayligi, jihozlarni uzoq muddatda ishlay olishi, avtomatlashganlik darajasi va h.k. kiradi. Iqtisodiy korsatgichlarni esa asosan boshlangich kapital mablag va yillik sarf-xarajatlar kiradi. Korxona uchun kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlashda ikki yoki kop variantlar tahlil qilinib, ulardan eng maquli olinadi.
Variantlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
, (1.)
yoki
, (1a)
Bu yerda, KA, KB - A va B variantlar uchun ketadigan boshlangich kapital mablaglar[ming som]; CA, CB - ushbu variantlar uchun yillik ekspluatatsiya sarfxarajatlar[ming som/yil]; Z-yillik keltirilgan sarf-xarajatlar; T-chiqimlarni qoplash muddati, bu davrda kapital mablagi katta bolgan variantda yillik eksplatatsiya sarf-xarajatlarning kamligi hisobiga boshlangich mablagning qoshimcha chiqimlarni qoplanadi. T ga teskari bolgan miqdorni iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti deyiladi:
, (2)
Energetikaning hisob-kitob ishlarida chiqimlarning qoplash meyoriy (normativ) qiymati belgilangan. Shunga binoan,
- meyoriy iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti bolib, uning qiymatini 0,15 ga teng deb qabul qilingan. U holda chiqimlarni qoplashning meyoriy muddati yilni tashkil etadi.
2-rasm. Kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlash. Korxona elektr taminoti tizimidagi transformatorlar tanlanganda ularning ikkita yoki uchta standart quvvatli bolishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunda zahiridagi transformatorlar soni kamayib, buzilganini almashtirishni osonlashadi.
35 kV va undan katta kuchlanishli podstansiyalarning sxemalarida yuqori kuchlanishli tomonlarida ozgichlar ishlatilmasa taminot tizimi katta miqdorda arzonlashadi. Barcha chekka podstansiyalar loyihalashtirilganda yuqori kuchlanishli qismiga uzgichlar orniga qisqa tutashtirgichlar va ajratgichlar qabul qilish tavsiya etiladi. Sex podstansiyalarida transformatorlarni yuqori kuchlanishli liniyalariga ayrgichlar yoki ayrgich-saqlagichlar yoki yuklamani ochirgich-saqlagichlar orqali ulash togri boladi.
BPP va MTP lardagi trasformatorlar soni elektr taminotiga bolgan ishonchlilik darajasi bilan aniqlanadi. Korsatilgan tasvirda bir va ikki transformatorli podstansiyaning sxemalari keltirilib, ularda yuqori kuchlanishli ayrgich, uzgich, transformator kichik kuchlanishli uzgich va ayrgichlar ketma-ket ulangan.
Keltirilgan sxemalardan ikkinchisi istemolchilarni elektr energiyasi bilan taminlashda ishonchli hisoblanadi. Bir transformator ishdan chiqsa ikkinchisi buzilgan transformatorni tamirlash yoki almashtirishga ketadigan vaqt oraligi uchun 100% li ishonchilikni taminlaydi.
Birinchi toifali istemolchilarni ikkita transformatorli podstansiyalardan taminlash zarur bolib, har bir transformator ayrim shina seksiyalariga ulanishi kerak. Kichik kuchlanishli ishchi shinalar seksiyalari ham alohida saqlanadi. Bu esa kichik kuchlanishli tarmoqlarning ish sharoitlarini yaxshilab, Q.T. tokining miqdorini ikki marotaba kamaytiradi.
Ikkinchi toifali istemolchilarni ikki trasformatorli yoki bir transformatorli podstansiyadan (zahiridagi transformatorni biror soat davomida almashtirish imkoni bolganda) energiya bilan taminlash mumkin.
Uchinchi toifali istemolchilar zahirada transformator mavjud bolganda, bir transformatorli podstansiyaga ulanishlari mumkin.