Transformatorning quvvatini tanlash
Transformatorlar quvvatlarini hisobiy yuklamalarga mos ravishda qabul qilinadi. Shu bilan birga, transformatorning iqtisodiy ish rejimi va istemolchilarning elektr taminoti boyicha ishonchlikni taminlashni ham hisobga olinadi. Meyoriy sharoitda transformatorning yuklamasi uning tabiiy ishlash muddatini qisqartishi kerak emas.
Transformatorning nominal quvvati deganda shunday yuklanish tushuniladiki, unda nominal ish sharoitida, belgilangan ishlash muddati davomida(taxminan 20 yil) transformator uzluksiz ishlay oladi. Transformatorning normal ish sharoitida quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
Sovutuvchi muhitning harorati - 20C;
Transformator yogining ortacha harorati atrof-muhit haroratidan 44C ga (M va D sovutish tizimlari uchun) yoki 36C ga(DS, S sovutish tizimlari uchun) oshmasligi kerak;
Chulgamning eng qizigan nuqtasidagi harorat uning ortacha haroratidan 13C ga oshmasligi zarur;
Q.T. nobudgarchiligini salt ishlash nobudgarchiligiga nisbati taxminan beshga teng bolishi kerak;
Izolyatsiya harorati ortacha(85C) haroratga nisbatan 6C ozgarsa, uning ishlash muddati ikki marotabaga ozgaradi;
Otish jarayonlarida transformator yogining yuza qismidagi harorat 95C dan, chulgam metallining eng qizigan qismining harorati esa 140C dan oshmasligi kerak.
Atrof-muhit haroartining oshishi transformator izolyatsiyasi eskirishini tezlashtiradi. Atrof-muhitning yillik ortacha harorati bolsa, transformatorning nominal quvvati uning pasportida korsatilgan quvvatdan farqli boladi, yani:
Bu yerda, Sn.t. - transformatorning nominal quvvati; Sn.t.i atrof-muhitning
harorati m=350C va ortacha yillik harorat ort=50C bolgan sharoit uchun transformatorning pasportida korsatilgan quvvat.
Atrof-muhit haroratining 35C dan har bir gradusga oshishi transformatorning nominal quvvatini mos ravishda qoshimcha 1% ga kamayishiga olib keladi va bu jarayon m=450C ga davom etadi. Atrof-muhit harorati +45C dan ortsa, sovutish tizimi ishini jadallashtirish zarur boladi.
Transformatorlar quvvatlarini tanlashda ularning ota yuklanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Aks holda, ornatilayotgan transformatorning quvvatini zaruriyatsiz katta qabul qilishga togri keladi. Ekspluatatsiya jarayonida transformatorlarni sistematik yoki favqulotda holatlarda ota yuklatish mumkin.
Transformatorni favqulotda(avariya) holatda 5 sutka davomida 40% gacha ota yuklatishga ruxsat etiladi. Bunday yuklatishning vaqti har sutkada 6 soatdan oshmasligi kerak. Buning uchun avariya holatigacha transformatorning yuklamasi uning pasportida korsatilgan quvvatning 0,93 qismidan oshmagan bolishi zarur. Qisqa muddatli ota yuklanishni miqdorini sovutish tizimi M, DS va S bolgan trasformatorlar uchun shu rasmda korsatilgan grafik yordamida aniqlanadi.
Transformatorning sistematik ravishda ota yuklanish imkoniyati yuklanish grafikining toldirish koeffitsientiga bogliq:
Bu yerda, Sort. - yuklamaning ortacha qiymati. Sm - yuklamaning maksimal qiymati.
Shu rasm foydalanib, maksimal yuklamaning davomiyligi va Kt ning miqdoriga qarab, transformatorning, sutka davomida joiz sistematik ota yuklanishning qiymatini aniqlash mumkin. Transformatorning qoshimcha sistematik yuklamasini quyidagi ifoda orqali ham aniqlash mumkin:
Bu yerda, Sqosh. - transformatorni maksimal yuklanish vaqti uchun joiz qoshimcha yuklanish miqdori. Bundan tashqari transformatorni yoz faslida kam yuklama bilan ishlaganligini hisobga olib, qishda uni otayuklanish mumkin. Yoz davridagi har 1% kam yuklanishga qishda shuncha ota yuklanish tavsiya etiladi. Lekin, uning miqdori 15% oshmasligi kerak. Umuman olganda sistematik otayuklanishda quyidagi shart bajarilishi talab etiladi:
Bu yerda, St - transformatorning yuklamasi. Ekspluatatsiya jarayonida transformatorning iqtisodiy ratsional ish rejimini taminlash talab etiladi. Bu degani transformatorlarda va butun elektr taminoti tizimida aktiv quvvat nobudgarchiligining miqdori eng kam bolishi kerak. Bunday nobudgarchilikni keltirilgan nobudgarchilik deb ataladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Bu yerda, - transformatorning salt ish rejimi uchun keltirilgan quvvat nobudgarchiligi;
- transformatorning q.t. rejimi uchun keltirilgan quvvat nobudgarchiligi;
Koz. - nobudgarchilikning ozgarishi koeffitsiyenti;
Ps.yu. - transformatorning yuksiz holatidagi aktiv quvvat isrofi (malumotnomalarda beriladi);
Pq.t. - qisqa tutashuv rejimidagi aktiv quvvat nobudgarchiligi (malumotnomalardan olinadi);
- yuklanish koeffitsiyenti;
Syuk - transformatorining yuklamasi;
Sn.tr. - transformatorning pasportida korsatilgan quvvat;
- transformatorning salt ish rejimidagi reaktiv quvvat;
- transformatorning qisqa tutashuv rejimidagi reaktiv quvvat;
- salt ish rejimidagi tok(malumotnomalarda beriladi);
- transformator q.t. rejimida kuchlanish(malumotnomalarda beriladi).
Bu munosabatni quyidagicha yozish mumkin:
soddalashtirish maqsadida, ushbu belgilashlarni kiritamiz:
=a; =b
U holda,
Shu formula asosida elektr taminoti tizimidagi keltirilgan nobudgarchilik miqdori va elektr yuklama orasidagi boglanishini chizishimiz mumkin. Rasmda transformatorlarning alohida va parallel ishlagan holatlardagi aktiv nobudgarchiligining ozgarish grafiklari keltilgan.
Keltirilgan grafiklarni tahlil shuni korsatadiki, agar yuklama 0S1 oraligida bolganda birinchi transformator yuklanishi kerak, chunki bu holda birinchi transformatorning keltirilgan aktiv quvvat nobudgarchiligi
minimum boladi. Agar S1 Syu Sz shart bajarilsa ikkinchi transformatorni yuklatish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |