C1,C2,C3 eritmadagi har xil ionlarning molyar konsentratsiyalari; Z1,Z2,Z3- ionlarning zaryadlari.
Kuchsiz elektrolitlar ion kuchuni topish uchun uning konsentratsiyasi dissotsialanish darajasiga ko’paytiriladi. Dissotsialanmagan molekulalarning ion kuchi nolga teng.
Eritmalarning tibbiyotdagi ahamiyati. Biologok suyuqliklar va to’qimalar tarkibida Na+,Ca2+,Cl-,H2PO4-,HCO3- va boshqa qator ionlar bor.Ko’p biokimyiviy jarayonlar va yuqori molekulyar moddalarning tirik organizmdagi barqarorligi ionlar tabiatiga, konsentratsiyasiga va eritmada boradigan jarayonlarga bog’liq.
Odam organizmi doim suv yo’qotadi. Bu suv terlash, nafas olish va peshob orqali chiqib ketadi. Ayniqsa peshob orqali tuzlarning ionlari organizmdan tashqariga chiqadi. Lekin shunga qaramay to’qimalarda ionlar konsentratsiyasi o’zgarmaydi( ionli gemostaz). Ionlarning organizmga kirishi va chiqib ketishi undagi suvning aylanib turishiga bog’liqdir.
Agar organizm uzoq vaqt chanqab yursa yoki suv etishmagandagi doimiy tashnalikda to’qimalardagi suv ham kamayadi. Endi to’qimalarda ionlar konsentratsiyasi ortib ketadi, bu esa ionlarning asosan peshob orqali chiqib ketishiga olib keladi.
Eritmada K+ ionlarining almashinuvi nerv va muskul to’qimalarining faoliyati uchun kerak. Ovqatlanish orqali K+ ionlarinini kerakli miqdori organizmga kirib turadi. Hujayra ichida K+ ionlarining kamayib ketishi vaqtinchalik falaj yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Agar ionlar konsentratsiyasi odatdagi holatga kelsa kasallik o’tib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |