4. Akkordlar nisbati. Umumiy tovushlar
Akkordlarning asosiy tovushlari orasidagi (demak, ularning tersiyalari
bilan kvintalari orasidagi) interval ayirmasi akkordlar nisbati deyiladi.
Akkordlarning nisbati: kvarta – kvintali, tersiyali va sekundali
nisbatlari bo’ladi.
Kvarta – kvinta nisbatidagi uchtovushliklar orasida
bitta umumiy
tovush bo’ladi. Mana shu xildagi nisbatning namunasi T – D va T – S
uchtovushliklaridir:
Tertsiya nisbatidagi uchtovushliklar orasida ikkita umumiy tovush
bo’ladi:
(18 – mavzuga qadar amaliy ishlarda bu nisbat uchramaydi).
Sekundali nisbatdagi uchtovushliklar orasida
umumiy tovushlar
bo’lmaydi. Bu xildagi nisbatning namunasi S va D uchtovushliklaridir:
5. Uchtovushliklarning qo’shilish usullari
Akkordlar, qisman, uchtovushliklar garmonik yoki melodik ravishda
qo’shilishlari mumkin.
Akkordlarning umumiy tovushi o’sha ovozda o’z o’rnida qolsa,
bunday qo’shilish garmonik qo’shilish deyiladi.
Eslatma. Tersiya nisbatidagiuchtovushliklar garmonik qo’shilganda, odatda
ularning har ikkala tovushi o’z o’rnida qoladi.
Kvarta – kvinta nisbatidagi uchtovushliklarning garmonik qo’shilish
usuli quyidagi tartibda bo’ladi: akkordning
basi belgilanadi, umumiy tovush
o’z o’rnida qoldiriladi; qolgan ikki ovoz bosqichma – bosqich parallel
harakat bilan tonikadan subdominantaga – yuqoriga, tonikadan dominantaga
– patga yo’naltiriladi.
Natijada asosiy tovushi juftlanib to’g’ri joylashgan akkord tuzimi
hosil bo’ladi. Bunday hollarda ikkinchi akkord ham birinchi akkor singari,
ya’ni zich, keng bo’lsa keng joylashtiriladi.
Akkordlarning hatto umumiy tovushi bo’lsa ham, ovolarning birortasi
ham o’z o’rnida qolmasa, bunday akkordlarning qo’shilishi melodic
qo’shilishi deyiladi.
Kvarta – kvinta va sekunda nisbatidagi uchtovushliklarning melodik
qo’shilish usuli quyidagicha bo’ladi: basning harakati kvarta oralig’idan
oshmasligi kerak , ya’ni T – D, D – T, T – S, S – T uchtovushliklarini
qo’shganda bas septimaga emas, sekundaga qarab yo’naladi; yuqoridagi uch
ovoz ikkinchi akkordning yaqin tovushlarga sakrovsiz ( ravon ), basga
qarama- qarshi harakat qiladi.
Natijada asosiy tovushni juftlanib bilan akkordning to’g’ri
joylashtirilgan tuzim hosil bo’ladi. Joylashuv tartibi, garmonik
qo’shilishdagi singari, o’zgarmaydi:
Eslatma.kvarta-kvinta nisbatagi uchtovushliklar (T-D,D-T,T-S,S-
T)melodik qo’shilganda,ayrim vaqtda basning kvartaga tomon emas kvinta
tomon harakati uchraydi.Bo’nday hollarda qolgan ovozlar basning kvarta
yo’nalishda qanday harakat qiladigan bo’lsa xuddishunday ravon
harakatlanadi.
Kamdan kam uchraydigan bu usulni juda ham zarur bo’lgan
hollardagina qo’llash mumkun.Umumiy to’rtala ovozning hammasini (ya’ni
umumiy to’gri harakat bilan) bir tomonga yo’naltirilish maqsadida muvofiq
emas.