Kurakli konveyerlar qismlari Kurakli konveyerlar tasnifi


Kurakli konveyerlarning afzalliklari va kamchiliklari, ularga qo’yiladigan talablar. Turlari



Yüklə 134 Kb.
səhifə3/3
tarix11.04.2023
ölçüsü134 Kb.
#96186
1   2   3
Kurakli konveyerlar qismlari Kurakli konveyerlar tasnifi

Kurakli konveyerlarning afzalliklari va kamchiliklari, ularga qo’yiladigan talablar. Turlari
Afzalliklari:
- tashiluvchi yukning namligi va bo’laklarining kattaligiga kam bog’liq bo’lgan yukori barqaror unumdorlik;
- egri yo’l bo’ylab yuk tashish mumkinligi;
- reshtak stavi uzunligini uzgartirishning nisbatan soddaligi;
- yuklash tomonida bortning balandligi katta bo’lmaganligi tufayli yuklashning qo’layligi;
- kombaynni konveyer ramasida yurishi mumkinligi (agregatli konveyerlar uchun);
- portlatib yuklashni qo’llash mumkinligi;
- konveyerni bo’laklarga ajratmasdan surishning mumkinligi.
Kamchiliklari:
- konveyer ishlash printsipining takomillashmaganligi;
- tashish jarayonida ko’mirning maydalanishi;
- zanjir va reshtaklarni tez yemirilishi;
-konveyer, zanjir va kurakchalarning og’irligi (hammasi metalldan bo’lganligi uchun);
-energiya sarfining nisbatan yuqoriligi;
- konveyer ishlashida katta shovqin hosil bo’lishi.
Kurakli konveyerlarga qo’yiladigan talablar:
- qazish mashinalarining mumkin bo’lgan eng katta unumdorligidan kichik bo’lmagan unumdorlikni ta’minlash;
- lavada qo’llaniladigan konveyerning uzunligi lavaning uzunligidan kichik bo’lmasligi kerak;
- sektsiyalarning o’lchamlarini eni (lavani mustaxkamlash talabi bilan bog’liq) va balandligi (konveyerga yuklashni ta’minlash uchun kerak) bo’yicha cheklash;
- ohirlovchi konstruktsiyalar o’lchamlari mumkin qadar kichik bo’lishiga erishish;
- konveyer stavining qatlam tekisligida hamda vertikal tekislikda egilishi mumkinligini ta’minlash.
Kurakli konveyer turlari:
Mavjud kurakli konveyerlar qabul qilingan tipajga asosan quyidagi to’rt turga bo’linadi:
SK («skrebkoviy konsolьniy» so’zlarining bosh harflari) - bir zanjirli konsolь kurakchali konveyerlar, ya’ni zanjirga kurakchalarni faqat bir uchi ulangan konveyerlar. Bunday konveyerlarda yukli va yuksiz shoxobchalar bitta gorizontal tekislikda yonma – yon joylashgan bo’ladi
S- yukli shoxobchasi yuksiz shoxobchasining ustida joylashgan bir zanjirli kurakli konveyer

Tipajga kiritilgan kurakli konveyerlarning SK (a) va S (b) turlari


SR (R- razborniy) – ikki zanjirli bo’linuvchan konveyer


SP (P - peredvijnoy) - ikki zanjirli suriluvchan konveyer

Tipajga kiritilgan kurakli konveyerlarning SR (a) va SP (b) turlari





Foydalanilgan adabiyotlar



  1. SHeshko Ye.Ye. Gorno-transportnie mashini i oborudovanie dlya otkritix rabot: O’quv qo’llanma.

  2. SHeshko Ye.E. Ekspluatatsiya i remont oborudovaniya transportnix kompleksov karьerov: O’quv qo’llanma

  3. Kvaginidze B.C. Ekspluatatsiya karьernogo gornogo i trans­portnogo oborudovaniya v usloviyax Severa.

  4. Virabov A.A. Rudnichniy transport M; Nedra , 1976

  5. Spivakovskiy A.O., Potapov M.G. Transportnie mashini i kompleksi otkritix gornix razrabotok. M., Nedra, 1983

  6. SHeshko Ye.E. Ekpluatatsiya i remont oborudovaniya transportnix kompleksov karьerov Moskva MDKU

Xulosa



Hozirgi vaqtda kurakli konveyerlar ko’mir konlarining lava, prosek, pech, oraliq hamda yig’uvchi shtreklar bo’ylab foydali qazilmani tashuvchi asosiy texnikaviy vosita hisoblanadi. Ular gorizontal hamda 25 gradusgacha bo’lgan qiya lahimlarda pastga va yuqoriga qarab yuk tashishda ishlatilishi mumkin.
Yuqori navli po’latdan tayyorlanadigan to’g’ri va egilgan plastinali zanjir larning afzalliklari: kurakchalarni zanjirga mahkamlash qulayligi, yulduzcha bilan ilashishning ishonchliligi va nisbatan chidamliligi.
Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin