Kurakli konveyerlar qismlari Kurakli konveyerlar tasnifi
Kurakli konveyerlar tasnifi Er osti kurakli konveyerlar quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi:
1) belgilangan maqsad (bajaradigan funktsiyalarining xarakteri) bo’yicha – eltuvchi, agregat, tormozlovchi. Eltuvchi va agregat konveyerlar to’g’risida yuqorida tushunchalar berib o’tilgan edi. Tormozlovchi konveyerlar ko’mirni katta qiyalikdagi lahimlar bo’ylab pastka tushirishda qo’llaniladi. Ular chang ko’tarilishini kamaytiradi, ko’mir navini oshiradi, qiyalik burchagi o’zgaruvchan bo’lgan qatlamlardagi lavalarda ko’mirning tashilishini ta’minlaydi;
2) tortish zanjiri yukli va yuksiz shoxobchalarining o’zaro joylashishi bo’yicha uchta asosiy turlarga bo’linadi: yuksiz shoxobcha yukli shoxobchaning tagida joylashgan; ikkala shoxobcha bitta gorizontal tekislikda yonma – yon joylashgan; yuksiz shoxobchaning yonida unga nisbatan ma’lum burchak ostida joylashgan.
Birinchi , eng ko’p tarqalgan, turi enining o’lchamlari eng kichik bo’lganligi bilan ajralib tursa, ikkinchisi– balandlik o’lchamlari eng kichik bo’lganligi bilan ajralib turadi va shu tufayli u yupqa qatlamlarni qazib olishda qo’llaniladi. Uchinchi turi birinchi ikkita turining afzalliklarini o’zida qisman saqlab qoladi, ammo ishchi organi konveyerning yuksiz shoxobchasida ikki marotaba egilishi bilan bog’liq bo’lgan murakkabliklarni keltirib chiqaradi. .
3) lavada yangi joyga siljitish (ko’chirish) usuli bo’yicha - bo’linuvchan va suriluvchan.
Birinchilari yangi ish joyiga bulaklarga bo’linib ko’chiriladi. Ikkinchilari – bo’linmasdan ko’chiriladi. Ular, o’z navbatida, butun uzunligi bo’yicha bir yo’la suriladigan qattiq (bikir) va qism - kism bilan suriladigan egiluvchan konveyerlarga bo’linadi.
4) konveyer stavini yig’ish usuli bo’yicha – ajraluvchan va ajralmaydigan sektsiyalarga bo’linadi. Birinchilari ko’chiriladigan konveyerlar uchun xarakterlidir, chunki ko’chirish va yig’ish ishlarini yengillashtiradi, ikkinchilari – konstruktiv jihatdan soddaroq va mustaxkamroq bo’lib, suriluvchi konveyerlar uchun xarakterlidir.
5) zanjirlar soni bo’yicha – bitta, ikkita va uchta zanjirli; birinchilari – nisbatan yengil konstruktsiyali konveyerlar uchun. Ohirgilari – og’ir konstruktsiyali konveyerlar uchun.
6) tortish zanjirlarining turlari bo’yicha - sharnirli bo’linuvchan, sharnirli plastina simon va halqasimon.
SHarnirli bo’linuvchan zanjir larning afzalliklari: bo’laklarga tez ajratib qayta yig’ish uchun qulayliligi, narhining nisbatan arzonligi (zanjir shtampovka usulida tayyorlanishi tufayli), sharnirlar tekisligida bitta zveno boshqa zvenoga nisbatan birmuncha og’ishi mumkinligi, shunday bo’lgach, bu zanjirlar o’qi egiluvchan bo’lgan konveyerlarda qo’llanilishi mumkin.
Yuqori navli po’latdan tayyorlanadigan to’g’ri va egilgan plastinali zanjir larning afzalliklari: kurakchalarni zanjirga mahkamlash qulayligi, yulduzcha bilan ilashishning ishonchliligi va nisbatan chidamliligi.
Odatda ikki (ba’zi hollarda uch) zanjirli konveyerlarda qo’llaniladigan halqasimon zanjir)larning afzalliklari: nisbatan yengil va arzon, hamma yo’nalishlar bo’yicha egiluvchan. Yulduzchada ilashishni ta’minlash uchun bu turdagi zanjirlar kolibrlangan bo’ladi. Kalibrlangan zanjirlarning yeyilishi va cho’zilishini oldini olish maqsadida ularning metali va tayyorlash texnologiyasiga oshirilgan talablar qo’yiladi. Undan tashqari, zanjirning o’lchamlari tanlanishida chidamlilik zapasi nisbatan yuqori bo’lganlari olinadi.
7) yuritmalar (yuritma deganda, umumiy holda, yuritgich va uzatuvchi mexanizm tushiniladi) soni bo’yicha - bitta, ikkita, uchta va to’rtta yuritmali. Yulduzchali bitta yurituvchi o’qqa ishlaydigan ikkita yarim quvvatga ega bo’lgan yuritma yurituvchi yulduzchaning o’lchamlarini (ayniqsa balandlik bo’yicha) kamaytirish maqsadida qo’llaniladi. Yuritmalar konveyerning ikkala ohirida o’rnatilsa, ular tortish organining maksimal tarangligini kamaytiradi.
Yuritmalarni o’rnatish sxemalari
Uchta yuritmali konveyerning boshiga ikkita yuritma, ohiriga – bitta, to’rt yuritmalida esa - ikkala tomoniga ikkitadan yuritma o’rnatiladi Yuritmalarning o’rnatilishi konveyerga nisbatan bo’ylama yoki ko’ndalang bo’lishi mumkin. Birinchi holatda reduktorning tishli uzatgichiga bitta konusaviy uzatgich kiritiladi.