Kurakli konveyerlarning afzalliklari va kamchiliklari, ularga qo’yiladigan talablar. Turlari
Afzalliklari:
- tashiluvchi yukning namligi va bo’laklarining kattaligiga kam bog’liq bo’lgan yukori barqaror unumdorlik;
- egri yo’l bo’ylab yuk tashish mumkinligi;
- reshtak stavi uzunligini uzgartirishning nisbatan soddaligi;
- yuklash tomonida bortning balandligi katta bo’lmaganligi tufayli yuklashning qo’layligi;
- kombaynni konveyer ramasida yurishi mumkinligi (agregatli konveyerlar uchun);
- portlatib yuklashni qo’llash mumkinligi;
- konveyerni bo’laklarga ajratmasdan surishning mumkinligi.
Kamchiliklari:
- konveyer ishlash printsipining takomillashmaganligi;
- tashish jarayonida ko’mirning maydalanishi;
- zanjir va reshtaklarni tez yemirilishi;
-konveyer, zanjir va kurakchalarning og’irligi (hammasi metalldan bo’lganligi uchun);
-energiya sarfining nisbatan yuqoriligi;
- konveyer ishlashida katta shovqin hosil bo’lishi.
Kurakli konveyerlarga qo’yiladigan talablar:
- qazish mashinalarining mumkin bo’lgan eng katta unumdorligidan kichik bo’lmagan unumdorlikni ta’minlash;
- lavada qo’llaniladigan konveyerning uzunligi lavaning uzunligidan kichik bo’lmasligi kerak;
- sektsiyalarning o’lchamlarini eni (lavani mustaxkamlash talabi bilan bog’liq) va balandligi (konveyerga yuklashni ta’minlash uchun kerak) bo’yicha cheklash;
- ohirlovchi konstruktsiyalar o’lchamlari mumkin qadar kichik bo’lishiga erishish;
- konveyer stavining qatlam tekisligida hamda vertikal tekislikda egilishi mumkinligini ta’minlash.
Kurakli konveyer turlari:
Mavjud kurakli konveyerlar qabul qilingan tipajga asosan quyidagi to’rt turga bo’linadi:
SK («skrebkoviy konsolьniy» so’zlarining bosh harflari) - bir zanjirli konsolь kurakchali konveyerlar, ya’ni zanjirga kurakchalarni faqat bir uchi ulangan konveyerlar. Bunday konveyerlarda yukli va yuksiz shoxobchalar bitta gorizontal tekislikda yonma – yon joylashgan bo’ladi
S- yukli shoxobchasi yuksiz shoxobchasining ustida joylashgan bir zanjirli kurakli konveyer
Tipajga kiritilgan kurakli konveyerlarning SK (a) va S (b) turlari
SR (R- razborniy) – ikki zanjirli bo’linuvchan konveyer
SP (P - peredvijnoy) - ikki zanjirli suriluvchan konveyer
Tipajga kiritilgan kurakli konveyerlarning SR (a) va SP (b) turlari
Foydalanilgan adabiyotlar
SHeshko Ye.Ye. Gorno-transportnie mashini i oborudovanie dlya otkritix rabot: O’quv qo’llanma.
SHeshko Ye.E. Ekspluatatsiya i remont oborudovaniya transportnix kompleksov karьerov: O’quv qo’llanma
Kvaginidze B.C. Ekspluatatsiya karьernogo gornogo i transportnogo oborudovaniya v usloviyax Severa.
Virabov A.A. Rudnichniy transport M; Nedra , 1976
Spivakovskiy A.O., Potapov M.G. Transportnie mashini i kompleksi otkritix gornix razrabotok. M., Nedra, 1983
SHeshko Ye.E. Ekpluatatsiya i remont oborudovaniya transportnix kompleksov karьerov Moskva MDKU
Xulosa
Hozirgi vaqtda kurakli konveyerlar ko’mir konlarining lava, prosek, pech, oraliq hamda yig’uvchi shtreklar bo’ylab foydali qazilmani tashuvchi asosiy texnikaviy vosita hisoblanadi. Ular gorizontal hamda 25 gradusgacha bo’lgan qiya lahimlarda pastga va yuqoriga qarab yuk tashishda ishlatilishi mumkin.
Yuqori navli po’latdan tayyorlanadigan to’g’ri va egilgan plastinali zanjir larning afzalliklari: kurakchalarni zanjirga mahkamlash qulayligi, yulduzcha bilan ilashishning ishonchliligi va nisbatan chidamliligi.
Dostları ilə paylaş: |