MUHOKAMA Mamlakatimiz miqiyosida, yosh dzyudochilarning ko’p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslanib berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillari, tavsiflari hamda musobaqa faoliyati me’yorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu trenirovka nagruzkalari me’yorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bog’liq. Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funkstiyasining ikki, bir – biriga uzviy bog’liq tomoniga alohida e’tibor qaratiladi: - sportchini texnik – taktik malakalarga o’rgatish va ularni takomillashtirish; - sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi hususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash. Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog’lig’ini (sportchini ham) shakillantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Albatta, “Katta” sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o’ziga hos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’proq kuch – tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi – ko’pmi, lekin muhim “ulushi” mavjud bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan fikr va mulohazalar sportning dzyudo turlarida, ayniqsa, yaqqol ko’zga tashlanadi. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan extiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug’diradi. Malakali dyuzdochilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar. Tezkor – kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida dzyudochilarning texnik – taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik – kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma – zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini takidlab o’tilgan. Hozirgi jahon sportidagi ko’rsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, yosh dzyudochilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali dzyudochilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o’yin malakalarini takomillashishida muhim o’rinni egallar ekan. Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchini tayyorgarligaga ijobiy ta’sir e’tadi. So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir – biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor – kuch sifatiga alohida urg’u berish maqsadga muvofiqdir. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida Jismoniy sifati hal qiluvchi muhim man’ba bo’lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to’r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor – kuch sifati ushbu malaka muvoffaqiyatini ta‟minlovchi omildir; dzyudoda esa mazkur sifat hujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo’llashda asqotadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko’ra dzyudo bo’yicha Jahon, Olimpiya, Ovro’pa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda g’alabaga erishishgan aksariyat dzyudochilar yuksak darajada rivojlangan tezkor – kuch qobiliyatiga ega bo’lganlar. Dzyudo turlarida chidamkorlik sifati ham g’alabaga yetaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa dzyudoga oid maxsus chidamkorlikning o’rni beqiyos. Sportning yakka dzyudo turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor – kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V.Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda, erkin dzyudo bo’yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3 – davrida o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu dzyudochilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi. Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan. Maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun dzyudochi maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida, hatto charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham, ijro etishi kerak bo’ladi. Umumiy chidamkorlik o’rtacha shiddatda ko’p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va hakazo) surunkasiga bajarish asosida shakllantiriladi. Dzyudochilarni tayyorlashda va texnik mahoratni shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan dzyudochi “most” holatidan keskin halos bo’lish, egilib ko’tarib tashlash kabi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi. Egiluvchanlik asta – sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa bu sifat keskin yuqolib ketishi yoki susayishi mumkin. Dzyudoda qo’llaniladigan usullar (texnik) malakalarni o’zi egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o’zi ushbu sifatni to’laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni cho’zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin – asta muntazam qo’llash kerak bo’ladi. Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Zo’rma – zo’raki yoki keskin tarzda qo’llangan mashqlar mushak, pay, bo’g’imlarni shikastlanishiga, hatto og’ir jarohatlarga olib kelishi mumkin.
NATIJA Malakali dzyudochilarni tayyorlashda, bundan tashqari chaqqonlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish joizki, o’quv – trenirovka jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish mahoratli dzyudochilarni tayyorlash garovidir. Zamonaviy voleybolda samarli o’yin ko’rsatish va yuqori natijalarga erishishi faqat o’ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshirilishi mumkin. Voleybolchilar uchun esa jismoniy sifatlar ichida eng e’tiborlisi sakravchanlik va sakrash chidamkorligidir.
Aynan shu sifatlar aksariyat o’yin malakalarining samarali ijro etilishiga ta‟sir ko’rsatadi. Lekin, bunday xulosadan voleybolchilar uchun boshqa jismoniy sifatlarni ahamiyati kamroq degan fikr kelib chiqishi mumkin emas. Aksincha, tezkor harakatlanish, kuch bilan zarba berish, ish qobiliyatini tushirmasdan uzoq vaqt malakalarni samarali bajara olish qobiliyatlari ham etakchi o’rin turadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu sifatlarning yetarli darajada rivojlangan bo’lishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport maxoratini tez va mukammal o’sishi uchun eng zarur poydevordir.
Tezkor – kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida dzyudochilarning texnik - taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarlik darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik – kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarning zo’rma – zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqbatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi alohida takidlab o„tilgan. Jismoniy sifatlarni texnik mahoratga va musobaqa jarayoniga chambarchas bog’liq ekanligini ta’kidlaydi.
Olimlarning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa sport mahorati shunchalik mukammal o’sib boradi. Harakatli o‘yinlar asosida o’tkaziladigan emostional muhitli darslar – harakat faolligini oshiradi, bolalar kamroq charchaydilar, ularning organizmi esa ma’lum funkstional yuklamalarga tayyorlanib boradi. Vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik – kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivolantirish imkoniyati afzal ekanligini ko’rsatib o’tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10 – 12 hafta avval 3 martadan o’tkazib turish lozim.
XULOSA Voleybol elementlari bilan qo’shib o’tiladigan jismoniy tarbiya darsini kichik sinf o’quvchilari jismoniy tayyorgarligiga ta‟sir etish darajasini o’rganish natijasida Zuoza Aureliyus – Kazis Kazevich shunday xulosaga keldiki, aniq maqsadga yo’naltirilgan voleybol darslari nafaqat yosh o’quvchilarni tarbiyalashda samarali vosita bo’lib hisoblanadi, balki voleybol to’garagiga dastlabki tanlov asosida qabul qilish va ularning o’yin ixtisosligini bashorat yordamida belgilab olish imkonini beradi.