Kurashishga tayyor turgan. Temur harbiy yurishlar davomida dushmanlariga tinim bermagan va bu uning g’alabalarida katta rol o’ynagan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 284,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü284,87 Kb.
#122450
1   2   3   4   5   6
amir-temurning-harbiy-faoliyati

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-978-983 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
980
 
April, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
berib, o’zi Jeta tomonga ketadi. Ammo Temur mug’ullarga uzoq vaqt xizmat 
qilmaydi. Vaqt o’tib Tug’luq Temur o’z ahdini buzib, Movarounnahrga ikkinchi 
marta qo’shin tortib kelib, hokimyatni Temurdan olib, tajribasiz yosh o’g’li 
Ilyosxo’jaga topshiradi. Temur ana shu davrdan boshlab mug’ullarga xizmat 
qilishdan bosh tortib , markazlashgan mustaqil davlat barpo qilish uchun mug’ullar 
istibdodiga qarshi kurashadi. Temur o’z yigitlari bilan birga Badaxshonga chekinib , 
maslakdoshlar qidiradi va Badaxshondan Xorazmga tomon harakatlanadi. Xorazm 
tomon yul olgan yul-yulakay Balxda to’xtab uncha katta bo’lmagan qo’shin bilan 
viloyat hokimi Amir Husayinni o’z yuliga tortadi. Amir Temurni Xorazmda paydo 
bo’lganidan xabar topgan va uni o’ldirish to’g’risida Ilyosxo’jadan maxsus topshiriq 
olgan Xiva hokimi To’kal Bahodir 1000 otliq jangchilar bilan Temurga hujum qiladi. 
Bu jangda Temur oz sonli yigitlari bilan To’kal Bahodirning ming kishilik qo’shinini 
tor-mor keltiradi. Jang oqibatida Xorazm askarlaridan 50 kishi, Amir Temur 
kuchlaridan esa 10 kishi – 7 ta otliq va 3 ta piyoda xurosonlik qoladi. Temur yana o’z 
qo’shinlari sonini oshirish maqsadida turli viloyatlar buylab harakalanadi va 
janubdagi bazi bir hududlarni egallaydi . [4] 
1361-yilda Temur Amir Husayn bilan yaqinlashib ikki hokim birlashgan holda, 
mug’ul xonlariga qarshilik ko’rsatish imkoniga ega bo’ladilar. Temur hayotida ro’y 
bergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqea 1362-yilda Seyistonda 
bo’lib o’tgan. Amir Temur jang vaqtida o’ng qulining tirsagidan va o’ng oyog’idan 
kamon o’qi tegishidan qattiq jarohatlanadi.
Tug’luq Temur o’limidan so’ng, 1363-yilda Movarounnahr tuprog’idan 
haydalgan mo’g’ul xoni Ilyosxo’ja yangidan katta lashkar bilan avvagi mulklarini 
egallab olish maqsadida Movarounnahr tomon harakat qila boshlaydi. Mug’ul xoni 
ayniqsa o’zining raqiblariga nisbatan qahr kayfiyatida ekanligi ham ma’lum edi. 
1363-1364-yillarda Temur va Husayn mug’ullarni uch marotaba mag’lubiyatga 
uchratishdi. Temur va Husayn bo’lg’usi qaqshatqich to’qnashuvga imkon boricha 
harbiy kuchlarni yig’ishdi. Tarixda “ Loy jangi “ nomi bilan kirgan mazkur jang 
Chinoz bilan Toshkent o’rtasida 1365-yilning 22-may kuni bo’lgan. Jangda Amir 
Temur Husaynning sust va layoqatsizligi sabali mag’lubiyatga uchraydi va 
Samarqandga qaytib ketadi. Bu sharoitda Samarqand mudofasini sarbadorlar o’z 
qullariga olishadi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mug’ul istilochilari va 
zulm o’tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi. Mudofa rahbarligiga 
Mavlonzoda qatoriga Xo’rdak Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham 
qo’shildilar. Shaharni mudofalanganligidan xabarsiz qolgan 
mug’ullar uni bir urinishdayoq egallab olishlariga ishonar edilar. 



Yüklə 284,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin