Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-978-983
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
982
April, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
qilib Amir Temur Xorazmni uzil-kesil bosib olish uchun jami besh marotama yurush
qilishga majbur bo’ladi va nihoyat 1388-yilda to’liq bosib oladi [2]
1388-yili Temur Urganchni egallab Sulaymonni va So’fiylar sulolasini
yo’qotdi, Urganch aholisini Samarqandga ko’chiradi. 1391-yili Temur shaharni
tiklashni buyurdi, ammo faqat bitta dahani tiklash mumkin bo’ldi xolos. Shunday
qilib 1390-yili O’rta Osiyoning butun hududi Temurning qo’l ostida birlashdi.
1389, 1391 va 1394-95-yillari Temur To’xtamishga qarshi uch martda yurush
qildi, ora-orada Eron, Kavkaz, Rusning janubiy chegaralariga qo’shin tortib to’rdi.
1391-yili Temur 200 ming kishilik qo’shin bilan hozirgi Qozog’iston cho’llariga yul
oldi. 18-iyun kuni u hozirgi Samara va Chistopl shaharlari orasidagi Qunduzcha
degan joyda To’xtamishni tor-mor keltiradi. To’xtamish 1395-yili Shimoliy
Kavkazdagi Terek daryosi vodiysida ham mag’lubiyatga uchraydi. Shundan so’ng
Temur poytaxt Saroy Berkani bosib oldi , taladi va o’t quyadi moddiy boyliklarni o’z
yurtiga olib ketadi. Saroyning 1395-yildagi halokati 1380-yildan keying yakunlovchi
zarba bo’ladi. Shundan so’ng Oltin O’rda o’zini o’nglay olmadi. Zamondoshlar
Temurning Rus uchun bu xizmatini baholay olishmadi, rus yilnomachilari Janubiy
Rusning bir qancha shaharlarini vayron qilgani uchungina u haqida nihoyatda salbiy
fikr bildirishadi.[3]
Dostları ilə paylaş: