Mavzuni dolzarbligi: Yo’sintoifa o’simliklarni yuksak o’simliklar orasida yopiq urug’li o’simliklardan keyin tur soni jihatdan ikkinchi o’rinda turishini inobatga olib ularni tarqalishi, hayot tarzi va klassifikatsiyalarini, tabiatimizga ahamiyatini o’rganib amaliyotga tadbiq qilish, ulardan dorivor vakillarini ko’paytirish va ulardan foydalanish, hamda bu o’simliklarni ba’zi vakillari begona o’t sifatida katta maydonlarda boshqa o’simliklarni o’sishiga imkon bermasdan zarar keltirishini ham inobatga olib ularni chuquroq o’rganishimiz zarur.
Ishning maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishini bajarishdan asosiy maqsadim Yo’sintoifa o’simliklar bo’limiga mansub bo`lgan o’simliklar turkumi vakillarining O’zbekistonda tarqalishini, ularning xususiyatlarini o`rganish hamda ularni inson hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini o`rganishdan iborat.
Kurs ishining obekti va predmeti: Yo’sintoifa o’simliklar bo’limi turlari kurs ishining obekti hisoblanadi. Yo’sintoifa o’simliklar bo’limi tur tarkibi, o`ziga xos tuzilish belgilari, tarqalishi, keng tarqalgan vakillarining xususiyatlari va ahamiyati to`g`risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va
Kurs ishining tuzilishi va hajmi:Kurs ishi kirish, 2 ta bob,4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalarda 1 ta maqoladan iborat o`quv-uslubiy adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi. Unda 11 ta rasm mavjud. Ishning hajmi 29 sahifani tashkil etadi.
I-bob. Yo’sintoifa o’simliklar umumiy tavsifi Yo’sintoifa (Moxtoifa ) – Bryophyta o’simliklar. Yo’sintoifa o’simliklar bo’limiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o’simliklar orasida gulli o’simliklardan keyin 2 – o’rinda turadi. Yo’sintoifa o’simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildiz va o’tkazuvchi sistemasi bo’lmasligi bilan boshqa yuksak o’simliklardan farq qiladi, ildiz va o’tkazuvchi sistemasi bo’lmasligi bilan boshqa yuksak o’simliklardan farq qiladi. Yo’sintoifa o’simliklarning oddiylari, tallomlilar bo’lib, ularning tanasi yer bag’irlab yotadigan tallomdan iborat. Ancha murakkab tuzilgan yo’sintoifalarning tanasida esa poya va burglar, ildizlar o’rnida rizoidlar bo’ladi.Конец формы